2-fevral sanasida SamDCHTI talabalar turar joyidagi "Pazandachilik" to'garagida milliy taomlarni o'rganish bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda milliy taomlarimizning qanday tayyorlanishiga qiziqadigan hamda qo'li gul talaba qizlar ishtirok etishdi. Tadbirda institut xotin-qizlar qo'mitasi raisi Normurodova Muzaffara qatnashdi va qizlarga tushuntirish ishlarini olib bordi.
Qizlarning taom pishirishdagi tajribasi katta bo'lsa kerak, har holda milliy taomlarni ham mazali ham chiroyli qilib tayyorlashdi. Ular o'zbekning bosh taomi oshni shunday pishirishdiki, ta'rifga til ojiz. Tadbir so'ngida esa talaba qizlar qo'mita hodimlarini tomlar bilan siylashdi.

Marxamat, tadbirdan esdaliklar: