2015 - yil qilingan ishlar

2015 - yil qilingan ishlar

Сообщение azamat » 19 янв 2016, 16:57

O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi Federasiyasi Kengashi tomonidan belgilab berilgan 9 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha hamda institut ma’muriyati bilan xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi o’rtasida 2015-2017 yillarga mo’ljallab tuzilgan jamoa shartnomalari va kelishuvlari asosida institutda faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar va tahsil olayotgan talabalarga yaratilayotgan mehnat qilish va o’qish sharoitlari, dam olish, sport-sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoyalash, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dam olishlarini tashkil etish, mustaqilligimiz yillarida bunyod etilgan diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlar tashkil etish ishlarini amalga oshirishda bajarilgan ishlari diqqatga moliqdir.
Institut kasaba uyushmasi faoliyati keng qamrovli bo’lib, u institut professor-o’qituvchilar va xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy va xuquqiy manfaatlarini ximoyalash, institutda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligini ta’minlash xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish singari bir qator eng muhim vazifalarni amalga oshiradi.
Professor-o’qituvchi, xodim va talabalarimizni ijtimoiy ximoyalash doimiy ravishda diqqat e’tiborimizda bo’lib turmoqda. Jumladan 60, 70 va 80 yoshga to’lgan ustozlarning yubileylari munosabati bilan ularga kasaba uyushma fondidan munosib esdalik sovg’alari berildi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2 kurs talabasi Mamadaliyev Shoxruxga 720000 sum shartnoma pulini tulashga moddiy yordam berildi.
2015 yil 2 sentyabr kuni institut majlislar zalida O’zbekiston yozuvchilar uyumasi o’rinbosari, O’zbekiston adabiyoti va sa’nati gazetasi bosh muxarriri, O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Saidov, Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi ma’sul kotibi Orif Xoji va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ziyodullo Nurmatovlar bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi va kasaba uyushmasi tomonidan gullar taqdim etildi.
2015 yil 4 sentyabr kuni institut majlislar zalida tarjimonlik fakulteti birinchi kurs talabalari bilan institut o’quv ishlari prorektori F.Sh.Ruziqulov, institut kasaba uyushmasi raisi I.Salomov va fakultet ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan urinbosari Yu.A’zamovlar ishtirokida Mustaqillik darslari bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan institut ma’naviy, ma’rifiy, sport ishlarida faol qatnashgan va Sharq taronalarida tarjimonlik qilgan 20 nafar professor-o’qituvchm va xodimlarimizga kasaba uyushmasi tomonidan bir million sumlik qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Shuningdek institutda faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchi va xodimlarimizning 15 nafariga o’quv qurollari taqdim etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti kadrlar bo’limi boshlig’i Z.Musinovaga Kislovodsk sanatoriyasiga, 9 qavat santexnigi A.Xamdamovga Ibn-Sino sanatoriyasiga va nashiriyot bo’limi boshlig’i S.Xayitovga Botanika sanatoriyalariga sog’liklarini tiklashi uchun imtiyozli yullanmalar kasaba uyushmasi tomonidan ajratildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti talabalaridan 1220 nafari Oqdaryo tumanida paxta yig’im-terimda qatnashib 2200 tonnadan ortiq oq oltinni Davlatimiz xirmoniga terib berishdi.
2015 yil 1oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni ” munosabati bilan institutimizda uzoq yillardan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan professor-o’qituvchilarimizdan 36 nafariga kasaba uyushmasi fondidan bir million sumlik qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
2015 yil 21 oktyabr kuni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan institutimiz jamoasi tomonidan Samarqand shaxarida joylashgan A.Navoiy haykali poyiga gulchanbar qo’ydik va institutimiz nomidan tarjimon tilshunos olim Poshali Usmon o’zbek tilining mohiyati xaqida ma’ruza qildi.
2015 yil 27 oktyabr kuni institut majlislar zalida Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasining Xalqaro Mexnatni Muxofaza qilish tashkiloti bilan semenar qildi, semenarda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlagmasi kengashi raisi Maxmud Xamidovich Boboyorov va Xalqaro Mexnatni Muxofaza qilish eksperti Yaniv Aleksandr Ildarovich mexnatni muxofaza qilish bo’yicha ma’ruza qildi. Semenarda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, sog’liqni saqlash boshqarmasi va kasaba uyushma qo’mitasi raislar qatnashishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dosenti Salim Jabborovga sog’ligini tiklashi uchun “Turon” sanatoriyasiga imtiyozli yullanma oktyabr oyining oxiriga berildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti xisobchisi Joxongir Turapovga og’ir jaroxat bilan Xavasi kasalxonasiga tushganligi uchun uch minimal maosh miqdorida moddiy yordam berildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida “Keksalarni e’zozlash” yili munosabati bilan 2015 yil 2 noyabr kuni Samarqand viloyatida mashxur jurnalist O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, El-yurt xizmati sohibi Oblaqul Usmonqulov va Al-Motrudiy sayohatgohi direktori Maxmudxon Muxtorov bilan ijodiy uchrashuv bo’ldi va uchrashuvda institut faxriy keksalarimizdan F.Tog’ayev, Pashali Usmon, A.Kuchibayev va S.Jabborovlar qatnashdilar ularga institut kasaba uyushmasi tomonidan gullar taqdim etildi.
2015 yil 10 noyabr kuni institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi L.Usarova, roman-german tillari fakulteti dekan o’rinbosari U.Sattorov bilan hamkorlikda roman-german tillari fakulteti talabalarining keyinish va darsga qatnashish madaniyati bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
2015 yil 10 noyabr kuni soati 14.30 da institut majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi “Yoshlik”jurnali bosh muxarriri Nodir Jonizoq, ma’sul kotibi E’lyor Murod va Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi ma’sul kotibi Orif Xojilar ishtirokida jonli badiiy adabiy usrashuv o’ztkazildi.
2015 yil 11 noyabr kuni institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi L.Usarova, ingliz tili fakulteti dekan o’rinbosari Q.Hakimov bilan hamkorlikda ingliz tili fakulteti talabalarining keyinish madaniyati bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
2015 yil 11 noyabr kuni Samarqand shaxar hokimligi majlislar zalida Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining 9 oy yakuni bo’yicha selektori bo’lib o’tdi. Selektorni viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Boboyorov Maxmud Xamidovich olib bordi.
O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining Samarqand viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi Iftixor Samadovich Raximovga Samarqand davlat chet tillar instituti kasaba uyushmasi raisligi zaxirasiga institut xodimlaridan A.K.Eshqobilov va A.M.Turapovning nomzodini obyektivkasi bilan 12 noyabr kuni topshirdim.
SamDChTI ga qarashli Kattaqurg’on tumanida joylashgan №2 akademik lisey o’qituvchilari bilan hamkorlikda manaviy va marifiy tadbir o’tkazdik. Tadbirda institut akademik lisey va kollejlar bo’yicha prorektor B.Ya.Primov va Kattaqurg’on lisey o’qituvchilari qatnashishdi.
2015 yil 14 noyabr kuni soati 9.00 da institut majlislar zalida institutimiz talabalari bilan Yaponiyadan kelgan mehmonlar o’rtasida badiiy uchrashuv o’tkazildi.
2015 yil 19 noyabr kuni roman-germat tillari fakulteti fransuz tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Shafoat Zairovna Fozilovaning 70 yillik yubileyi bo’lib o’tdi Ustozga institut kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alar tashkil qilindi.
Institut sharq tillari kafedrasi dosenti A.Yuldashevni kasalxonada yotganligi uchun xolidan xabar oldik. Samarqand davlat chet tillar instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti Saloxiddin Doliyevning 60 yillik yubileyini institutimiz xodimlari bilan nishonlab kasaba uyushma tomonidan estalik sovg’alar taqdim etildi.
Camarqand viloyati xokimligining 2015 yil “Ustoz va murabbiylar” kuni va viloyat qishloq xujaligi xosili yakunlari bo’yicha o’tkazilgan ma’naviy tadbirda ishtirok etdik.
Samarqand davlat chet tillar institutida 2015 yil 25 noyabr kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli yong’in xavfsizligi bo’limi jodimlari bilan tezkor qo’shma yig’ilish o’tkazildi va IIB YoX bo’limi xodimlari eng zamonoviy yong’in xavfsizligi qo’rollarini nomoyish etdi. Tadbirda IIB YoXB o’rinbosari podpolkovnik X.Mallayev va kapitan R.Ablaqulov ma’ruza qildi.
2015 yil 27 noyabr kuni soati 11.00 da institutimiz majlislar zalida Konfutsiya instituti faoliyatining bir yilligi munosabati bilan Xitoy xalq Respublikasidan kelgan delegasiya bilan hamkorlikda institutimiz talabalari o’rtasida ma’naviy tadbir o’tkazildi.
2015 yil 30 noyabr kuni soati 17.30 da institut talabalar turar joyini aylanib chiqib TTJ da 331 nafar talabalar, institut mexmonxonasida 8 nafar magistr va 4 nafar o’qituvchi turishini aniqladim. Xonalar yorug’ va shinamgina, yashovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyachi tashkil bo’lgan kun munosabati bilan institutimizda foal ishlovchi professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan bosh bino qarovuli Sh.Fayziyevga 100000, infarmatika kafedrasi dosenti D.Eshonqulovga 100000, ijtimoiy fanlar kafedrasi professori R.Shodiyevga 200000, arab tili va nazariyasi kafedrasi dosenti A.Yuldashovga 100000, ingliz tili fakulteti 2 talabasi M.Ruziyevaga 200000, tarjimonlik fakulteti 2 kurs talabasi D.Abdullayevaga 200000 va fransuz tili kafedrasi o’qituvchisi S.Xushvaqtovlarga 100000 sum oilaviy sharoitining og’irligini inobatga olib jami 1000000(bir million)sum miqdorida moddiy yordam.kasaba uyushmasi tomonidan berildi.
2015 yil 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan institutimizda faoliyat kursatuvchi nogiron professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan Rajabova N ARM xodimi, Kozirova Yu ARM xodimi, Muxtorova Sh Til markazi xodimi, Xamdamov A santexnik, Qodirova G k/o’qituvchi, Abdullayeva D o’qituvchi, Shoimov A o’qituvchilarga institut kasaba uyushmasi tomonidan 700000 (yetti yuz ming)sumlik qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
2015 yil 3 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi tashkil bo’lgan kun munosabati bo’yicha ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti S.Doliyev bilan Urgut tumani xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 60 maktabda “Baxtimiz qomusi” mavzusida davra so’hbati o’tkazib keldik.
Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining tashabbusi bilan institutimizda ishlab ketgan 40 nafar professor-o’qituvchi va xodimlarimizga O’zbekiston Respublikasi Konstitusisi kuni munosabati bilan ikki million so’mlik sovg’a salomlar o’lashdik.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 3 dekabrdagi №470 buyrug’i bilan 9-12 dekabr kunlari Jizzax viloyatining 79 ta kasb –hunar muassasalarining 2015-/2016 yil qishki mavsumga tayyorgarlik holatini o’rganib ma’lumotni oliy ta’lim vazirligiga taqdim etdik.
2015 yil 14-18 dekabr kunlari iqtisod va moliya ishlar bo’yicha prorektor A.Maxmudov bilan birgalikda institut talabalarining ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy sharoitlari bo’yicha uchrashuv o’tkazdik.
2015 yil 17 dekabr kuni Urgut tumani Aramas qishlog’ida joylashgan SamDChTI ARM filialidagi badiy va siyosiy adabiyotlarning mavjudligi bilan yaqindan tanishdik.
Samarqand davlat chet tillar instituti ma’muriyati bilan hamkorlikda 28-30 dekabr kunlari institut hovlisida bozor va dukonlardan arzon narxdagi gusht, qishloq xujaligi maxsulotlari, shirinliklar va meva chevalar yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek kam ta’minlangan va institut jamoat ishlarida faol qatnashgan 100 dan ortiq xodimlarimizga Yangi yil sovg’asi, 30 dekabr Samarqand shaxar Qug’irchoq teatrida bo’lib o’tadigan Yangi yil kechasiga institut kasaba uyushmasi fondidan bir million so’m ajratildi va institut jamoasi farzandlarining barchasini taklif etdik.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan o’tkazilgan 2015 yildagi “Eng namunali talabalar uyi” ko’rik tanlovi bo’yicha Samarqand davlat chet tillar instituti TTJ faxriy o’rinni egalladi va ko’rik tanlov o’tkazilgan komissiya xulosasi Toshkent shaxriga 2016 yil 8 yanvar kuni yuboildi.
14 yanvar “Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan 2016 yil 14 yanvar kuni fakultetlar o’rtasida sportning 4 turi bo’yicha musabaqa o’tkazildi va birinchi o’rinni roman-german tillari fakulteti, ikkinchi o’rinni ingiliz tili fakulteti va nixoyat uchunchi o’rinni tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti egallashdi. G’oliblarning 12 nafariga institut kasaba uyushmasi fondidan olti yuz ming sumlik sovg’a va gullar taqdim etildi.
2016 yil 15 yanvar kuni soati 11.00 da institut majlislar zalida Vatan ximoyachilari kuniga bag’ishlab tantanali badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirga viloyat xarbiy qism arkestrlari va institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi Afg’on urushi qatnashuvchilari taklif etilib o’lar uchun institut kasaba uyushmasi tomonidan olti yuz ming sumlik qimmatbaho sovg’a va gullar taqdim etildi.
og’irligini inobatga olib jami 1000000(bir million)sum miqdorida moddiy yordam.kasaba uyushmasi tomonidan berildi.

SamDChTI xodimlar va talabalar
kasaba uyushmasi raisi I.Salomov
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 94
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Xodimlar kasaba uyushmasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 0

cron