Ilmiy to'garaklar

“Parliamo Italiano” to’garagi mashg’ulotining 7-son

Сообщение tolliyev-oo » 02 мар 2018, 18:43

Rejadagi “Il giorno delle Forze armate di Uzbekistan. La storia ed oggi” mavzusi asosidagi 7-mashg’ulot.
Mashg’ulot o’z vaqtida boshlandi. Ma’ruzachi talabalar bugungi yig’ilishning mavzusi, bu mavzuni tanlaganliklarining asosiy maqsadi, va bu orqali qanday natijalarga erishmoqchi ekanliklari haqida qisqacha ma’lumot berishdi. Mavzu talabalarga oldindan e’lon qilinganligi sabab talabalarning barchasi italyan tilda har xil ma’lumotlar tayyorlab kelishgan ekan. Avvalo Ovsepyan K. bugungi kunning naqadar muhim kunligini Qurolli kuchlarimizning davlatimiz ravnaqidagi o’rni haqida so’z yuritdi. Armiyamiz tarixi, ko’zga ko’ringan askarlarimiz haqida so’zladi. Slayd asosida kichik taqdimot qildi. Shundan so’ng o’qituvchi talabalardan O’zbekiston Qurolli kuchlari haqida kichik essay yozishni so’radi. Talaba yigitlardan armiyaga brogan bormaganliklari, 1 tillik hizmat qilgan talabalarning malakalari haqida suhbat qurildi. Darsda o’qituvchi Gulamova M., kafedra mudiri Begmatov A., ilmiy bo’limdan nazoratchi qatnashdi. Talabalardan Komilova O., Adilova I. Madiyeva D., Begmatova D.lar ham o’z firklari va ma’lumotlari bilan o’rtoqlshishdi.
Mashg’ulot ohirida qatnashgan barcha yigitlarni talaba qizlar chin qalbdan tabriklab, ularni doim shunday himoyachi bo’lib yurishlariga tilakdosh bo’lishdi.
Mashg’ulot ko’tarinki ruhda o’tdi.
Вложения
20180112_145932.jpg
20180112_145932.jpg (45.58 KiB) Просмотров: 25
20180112_150002.jpg
20180112_150002.jpg (40.72 KiB) Просмотров: 25
20180112_145616.jpg
20180112_145616.jpg (51.05 KiB) Просмотров: 25
20180112_145227.jpg
20180112_145227.jpg (40.19 KiB) Просмотров: 25
tolliyev-oo
Новичок
 
Сообщений: 15
Зарегистрирован: 09 фев 2018, 16:49
Имя: Orif
Фамилия: Tolliyev
Статус: Учитель

“Parliamo Italiano” to’garagi mashg’ulotining 9-son

Сообщение tolliyev-oo » 02 мар 2018, 18:48

Rejadagi Non basta la parola. Paralinguistica come la parte independente della linguistica.
Il ruolo dei gesti nelle tradizioni italiane e uzbeke mavzusi asosidagi 9 -mashg’ulot.
Mashg’ulot o’z vaqtida boshlandi. Bugungi dars o’zbek va italyan imo-ishoralarning o’rni haqida bo’ldi. O’zbek madaniyatida imo-ishoralar ko’p ishlatilmasada, ammo tilning bu hodisasi lingvistikada keng o’rganiladi. Italyan madaniyatini esa aksincha, imo-ishoralarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi ma’ruzachilarimiz bu hodisaga ham lingvistik ham madaniy yondashgan holda tayyorgarlik ko’rib kelishgan ekan. Komilova O. tilning bu hodisasini lingvistik jihatdan tahlil qildi. U o’z taqdimotida paralingvistika haqida, uning lingvistikaning ajralmas qismi ekanligi haqida so’zlab berdi, imo-ishoralarning madaniy aspektlari haqida qiziqarli ma’ruza qildi.
Shundan so’ng birinchi kurs talabasi Murodova M. O’zbek madaniyatida imo-ishoralarning o’rni, ularning kommunikativ xususiyetlari haqida gapirib berdi. Talabalardan qaysi ishoralardan ko’proq foydalanishlarini, umuman foydalanishadimi yoqmi qiziqdi.
O’qituvchi Sadikova B. talabalarga italyanlarning ajralmas qismi hisoblangan imo-ishoralar haqida kichik video rolik namoyish etdi.
Mashg’ulotda ilmiy bo’limdan vakil va boshqa italyan tili o’qituvchilari ishtirok etishdi. Dars juda qiziqarli munozara tarzida o’tdi.
Вложения
238225938_288689.jpg
238225938_288689.jpg (27.85 KiB) Просмотров: 25
20180223_145015.jpg
20180223_145015.jpg (46.88 KiB) Просмотров: 25
20180223_144407.jpg
20180223_144407.jpg (42.83 KiB) Просмотров: 25
20180223_144342.jpg
20180223_144342.jpg (39.32 KiB) Просмотров: 25
tolliyev-oo
Новичок
 
Сообщений: 15
Зарегистрирован: 09 фев 2018, 16:49
Имя: Orif
Фамилия: Tolliyev
Статус: Учитель

Пред.

Вернуться в Ilmiy ishlar

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron