Ilmiy to'garaklar

Ilmiy to'garaklar

Сообщение Bekpulat_uzb » 24 янв 2015, 11:31

institutda tashkil etilgan ilmiy to'garaklar
Bekpulat_uzb
Новичок
 
Сообщений: 16
Зарегистрирован: 23 янв 2015, 11:27
Имя: Bekpulat
Фамилия: Turobov
Статус: Учитель

Re: Ilmiy to'garaklar

Сообщение Bekpulat_uzb » 24 янв 2015, 11:32

2015 yil 20 yanvar kuni soat 1500 da institutimizning “Ilmiy kengash” xonasida Ijtimoiy fanlar kafedrasi qoshidagi “Falsafiy munozara” to`garagining navbatdagi davra suhbati bo`lib o`tdi. Bu galgi suhbat “Erkinlik va haqiqat mushtarakligi” mavzusida bo`lib, unda qatnashchilar o`zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Munozarada Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchilari H.Abdullayeva va B.Turobov hamda to`garak raisi B.Abdurazzoqovlar ishtirok etishib, talabalar bilan o`z fikrlarini o`rtoqlashdilar. Haqiqat esa uning tasavvuriy qolipidir” kabi fikrlar bahsning yanada munozarali bo`lishini ta`minladi. “Falsafiy munozara” to`garagi esselar tanlovi e`lon qilgan bo`lib, bunda talabalar “Men!!!” mavzusi yuzasidan o`z fikrlarini biz bilan o`rtoqlashishi mumkin.
Bekpulat_uzb
Новичок
 
Сообщений: 16
Зарегистрирован: 23 янв 2015, 11:27
Имя: Bekpulat
Фамилия: Turobov
Статус: Учитель

Re: Ilmiy to'garaklar

Сообщение Bekpulat_uzb » 30 янв 2015, 11:24

Institutimizning Ingliz tili tarixi va grammatikasi kaferasi qoshida tashkil etilgan “Tilchi” to’garagining 2015 yil 16 yanvar navbatdagi yig’ilishida “Institutimiz professorlari, dotsentlari va ilmiy yo’nalishlar haqida ma’lumot berish” mavzusida suxbat o’tkaziladi.
Suxbatni ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi katta o’qituvchisi N.N Siddiqova bohlab berdi. To’garak a’zolari asosan 1-bosqich talabalari bo‘lganligi sabab, ularga institutimizda faoliyat yuritayotgan professorlar, dotsentlar va ilmiy izlanuvchilar borasida ma’lumot berdi. Ilmiy izlanishga xozirdanoq bel bog’lagan talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ayniqsa talabalarimiz Ro’zieva M, Ismoilova Charos va Suyunov Sardorlar ilmiy maqolalarni yoritishda ko’proq qay jixatlariga e’tibor qaratilishi borasida qiziqarli savollar berishdi.
Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi katta o’qituvchisi N.N Siddiqova ushbu savollarga qiziqarli faktlar bilan izoh berdi. Yig’ilish qiziqarli va juda muzokarali bo’ldi.
Bekpulat_uzb
Новичок
 
Сообщений: 16
Зарегистрирован: 23 янв 2015, 11:27
Имя: Bekpulat
Фамилия: Turobov
Статус: Учитель

Re: Ilmiy to'garaklar

Сообщение Bekpulat_uzb » 30 янв 2015, 11:25

Institutimizning ingliz tili leksikasi va stilistika kafedrasi qoshidagi “Lingvist” talabalar to’garagining navbatdagi mashg’uloti 2015 yilning 12 yanvar soat 14-00 da bo’lib o’tdi. Mashg’ulot “leksik ma’no va uning ifodalanishi” mavzusida olib borildi. Ma’ruzachi P.To’ychiyeva o’z ma’ruzasida leksik ma’no va uning ifodalanishi bo’yicha tilshunoslikda muammo bo’lib kelayotgan holatlar bo’yicha to’xtalib o’tdi. U o’z tushunchalarini misollar orqali izohlashga jumladan obstrakt tushunchalar xudo, farishta, taqdir kabi bir qator so’zlarni tushuntirib, uog, angel, fate so’zlarining izohlanish va qo’llanishi haqida alohida toxtaldi. Bu esa to’garak qatnashchilariga qiziqish uyg’otdi va ular o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shu orqali bizni o’rab turgan konkret va obstrakt hodisa tushunchalarning inson ongiga aks etishini anglab olishdi.
Bekpulat_uzb
Новичок
 
Сообщений: 16
Зарегистрирован: 23 янв 2015, 11:27
Имя: Bekpulat
Фамилия: Turobov
Статус: Учитель

Re: Ilmiy to'garaklar

Сообщение Bekpulat_uzb » 30 янв 2015, 11:25

2015 yil 8-yanvar kuni soat 14-30 da institutimizning fransuz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasida “Parlons francais” to’garagining navbatdagi mashg’uloti bo’lib o’tdi. Unda 10 nafar talaba qatnashdi. To’garak a’zosi Hamraeva Ziyoda “Les villes univercitaires de la France” mavzusidagi ma’ruza va materiallarini qatnashchilarga tanishtirdi. Ma’ruzada Fransiya universitetlaridagi ta’lim olish sharoitlari, fransuz tilining tarqalish hududlari va tarixi hamda fransuz tilida so’zlashuvchi aholi va mamlakatlardan Kanada, Belgiya, Shvetsariya haqida jahon siyosiy xaritasidan foydalanib so’zlab berdi. Shundan so’ng Xolbekov Ulug’bek, Tolliyev Orif, Burxonova Surayyo, Gasparyan Narine va to’garakning qolgan a’zolari ham qo’shimcha ma’lumotlarni keltirdilar. Mashg’ulot yakunida to’garakning mas’ul o’qituvchisi Rizaxanova M. keyingi mashg’ulot sanasi va mavzusi, mas’ul talaba haqida e’lon qildi.
Bekpulat_uzb
Новичок
 
Сообщений: 16
Зарегистрирован: 23 янв 2015, 11:27
Имя: Bekpulat
Фамилия: Turobov
Статус: Учитель

Re: Ilmiy to'garaklar

Сообщение Bekpulat_uzb » 31 янв 2015, 11:11

2015 yil 20 yanvar kuni soat 1500 da institutimizning “Ilmiy kengash” xonasida Ijtimoiy fanlar kafedrasi qoshidagi “Falsafiy munozara” to`garagining navbatdagi davra suhbati bo`lib o`tdi. Bu galgi suhbat “Erkinlik va haqiqat mushtarakligi” mavzusida bo`lib, unda qatnashchilar o`zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Munozarada Ijtimoiy fanlar kafedrasi o`qituvchilari H.Abdullayeva va B.Turobov hamda to`garak raisi B.Abdurazzoqovlar ishtirok etishib, talabalar bilan o`z fikrlarini o`rtoqlashdilar. Haqiqat esa uning tasavvuriy qolipidir” kabi fikrlar bahsning yanada munozarali bo`lishini ta`minladi. “Falsafiy munozara” to`garagi esselar tanlovi e`lon qilgan bo`lib, bunda talabalar “Men!!!” mavzusi yuzasidan o`z fikrlarini biz bilan o`rtoqlashishi mumkin.
Вложения
DSC_0203.JPG
DSC_0203.JPG (71.53 KiB) Просмотров: 1581
Bekpulat_uzb
Новичок
 
Сообщений: 16
Зарегистрирован: 23 янв 2015, 11:27
Имя: Bekpulat
Фамилия: Turobov
Статус: Учитель

Re: Ilmiy to'garaklar

Сообщение Bekpulat_uzb » 07 фев 2015, 15:41

Ijtimoiy fanlar kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Falsafiy munozara” talabalarning ilmiy to`garagining navbatdan tashqari yig`ilishi bo'lib o'tdi. yig'lishda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Institutda to’garakning targ`ibot guruhi talabalaar orasidan tanlab olindi. “Aratorlik” tanlovini bo’yicha talabalarni shartlar bilan tanishtirildi hamda mavzular takliflar asosida talabalar tomonida berildi. Mart oyda “Falsafiy munozara” ilmiy to’garak va Samarqand davlat universteti talabalari bilan uchrashuv tashkil qilish bo’iya kelishib olindi. Institut saytida forum “Falsafiy munozara” ilmiy to’garak faoliyatini yoritib borish bo’yicha talabalarga tushinchalar berildi. “Falsafiy munozara” to`garagi a’zolar orasidan Xiva shahriga sayohat uyushtirish rejasini e’lon qilindi. Yakunda esa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Fakultetlar bo`yicha talabalar ichidan sardorlar tanlab olindi:
Ingliz filologiyasi fakulteti: B.Abdurazzoqov
Roman-german fakulteti: T.Safarov
Tarjimonlik fakulteti: M.Islomov
Вложения
DSC_0330.JPG
DSC_0330.JPG (21.96 KiB) Просмотров: 1545
DSC_0327.JPG
DSC_0327.JPG (21.61 KiB) Просмотров: 1545
DSC_0326.JPG
DSC_0326.JPG (20.86 KiB) Просмотров: 1545
DSC_0325.JPG
DSC_0325.JPG (19.92 KiB) Просмотров: 1545
DSC_0324.JPG
DSC_0324.JPG (20.09 KiB) Просмотров: 1545
DSC_0322.JPG
DSC_0322.JPG (19.46 KiB) Просмотров: 1545
DSC_0321.JPG
DSC_0321.JPG (20.67 KiB) Просмотров: 1545
DSC_0319.JPG
DSC_0319.JPG (19.9 KiB) Просмотров: 1545
Bekpulat_uzb
Новичок
 
Сообщений: 16
Зарегистрирован: 23 янв 2015, 11:27
Имя: Bekpulat
Фамилия: Turobov
Статус: Учитель

Немис тили ва адабиёти кафедрасида «Лингвист» илмий тўгараги

Сообщение tolliyev-oo » 09 фев 2018, 18:36

Немис тили ва адабиёти кафедрасида «Лингвист» илмий тўгарагининг навбвтдаги йиғилиши бўлиб ўтди
Кафедра мудири доц.М.Б.Бегматов “Лингвист” талабалар тўгараги аъзолари билан танишиб, уларни кизиктирган саволларга жавоб берди. Сўнгра, кафедра ўқитувчиси Г.Азимкулова бу тўгаракка рахбарлик килишини маълум килди. Ўқитувчи Г.Азимкуловага 2017-2018 ўқув йилида “Лингвист” талабалар илмий тўгарагига рахбарлик қилиш вазифаси юклатилганлиги ва кафедра ўқитувчиларидан доц.Б.Я.Примов, доц.А.Яхшиев, катта ўқитувчилар Н.Азимова, Н. Содиқова хамда ёш ўқитувчилардан О.Эшонқулов, А.Турсунов ва М.Кучиевларга талабаларнинг илмий мавзуларига рахбарлик ва мутасаддилик вазифалари юклатилганлиги хакида маълумот берилди ва унга 14 нафар талаба жалб этилганлиги хакида хам айтиб ўтилди. Тўгарак раиси ва котиби хам сайланди.
tolliyev-oo
Новичок
 
Сообщений: 15
Зарегистрирован: 09 фев 2018, 16:49
Имя: Orif
Фамилия: Tolliyev
Статус: Учитель

Re: Немис тили ва адабиёти кафедрасида «Лингвист» илмий тўга

Сообщение tolliyev-oo » 10 фев 2018, 15:16

tolliyev-oo писал(а):Немис тили ва адабиёти кафедрасида «Лингвист» илмий тўгарагининг навбвтдаги йиғилиши бўлиб ўтди
Кафедра мудири доц.М.Б.Бегматов “Лингвист” талабалар тўгараги аъзолари билан танишиб, уларни кизиктирган саволларга жавоб берди. Сўнгра, кафедра ўқитувчиси Г.Азимкулова бу тўгаракка рахбарлик килишини маълум килди. Ўқитувчи Г.Азимкуловага 2017-2018 ўқув йилида “Лингвист” талабалар илмий тўгарагига рахбарлик қилиш вазифаси юклатилганлиги ва кафедра ўқитувчиларидан доц.Б.Я.Примов, доц.А.Яхшиев, катта ўқитувчилар Н.Азимова, Н. Содиқова хамда ёш ўқитувчилардан О.Эшонқулов, А.Турсунов ва М.Кучиевларга талабаларнинг илмий мавзуларига рахбарлик ва мутасаддилик вазифалари юклатилганлиги хакида маълумот берилди ва унга 14 нафар талаба жалб этилганлиги хакида хам айтиб ўтилди. Тўгарак раиси ва котиби хам сайланди.
Вложения
238221937_103753.jpg
238221937_103753.jpg (31.25 KiB) Просмотров: 56
tolliyev-oo
Новичок
 
Сообщений: 15
Зарегистрирован: 09 фев 2018, 16:49
Имя: Orif
Фамилия: Tolliyev
Статус: Учитель

Ispan va italyan tillari kafedrasi “Parliamo Italiano” to’ga

Сообщение tolliyev-oo » 02 мар 2018, 18:38

Bugungi “Il patrimonio nazionale Uzbeko ed Italiano” mavzusidagi mashg’ulot o’z vaqtida boshlandi. Mashg’ulot mavzusi ko’pchilik talabalarni qiziqtirgan ko’rinadi ko’pchilik talabalar mashg’ulot boshlanishidan oldin o’zaro munozara olib borishayotgan edi. Bugungi mavzuda nimalar gapirilishi haqida Begmatova D., Toshpo’latova G. qator ma’lumotlar keltirib ma’ruza o’qidi. Italiya va O’zbekiston davlatlarini qiyosiy tahlil qilish, ularning dunyo hamjamiyatida tutgan o’rni haqida bilish, ularning dunyoga nimalar bilan taniqli ekanligini o’rganish bugungi mashg’ulotning asosiy maqsadi. Mavzu oldindan e’lon qilingan barcha talabalar mustaqil ravishda mavzuga tayyorgarlik ko’rgan. Ma’ruzachi talaba Begmatova D. Darsni klaster shaklida talabalarning e’tiborini tortishdan boshladi, Toshpo’latova G. esa taqdimot asosida o’z chiqishlarini qilgach, mashg’ulot baxs munozaraga aylanib ketdi. Internet manbalarida O’zbekistonga oid ma’lumotlar asosan o’zbek va rus tillarida bo’lganligi uchun talabalar o’zlarini tarjimonlikda ham sinab ko’rishlariga to’g’ri kelgan ko’rinadi o’qituvchi ishtirokida ba’zi bir ko’zga ko’ringan xatolar tahlil qilindi va to’g’irlandi. Yuqori kurs talabalari o’z bilimlarini mustahkamlab olishdi, 1 kurs talabalari esa yangi ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Mashg’ulot juda qiziqarli ruhda o’tdi.
Mashg’ulotni o’qituvchi Gulamova Malika olib bordi.
Вложения
20171017_135945.jpg
20171017_135945.jpg (55.23 KiB) Просмотров: 47
20171017_133403.jpg
20171017_133403.jpg (54.34 KiB) Просмотров: 47
tolliyev-oo
Новичок
 
Сообщений: 15
Зарегистрирован: 09 фев 2018, 16:49
Имя: Orif
Фамилия: Tolliyev
Статус: Учитель

След.

Вернуться в Ilmiy ishlar

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 0

cron