2016-2017 yilda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida

2016-2017 yilda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida

Сообщение azamat » 20 сен 2017, 08:18

Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar kasaba uyushmasi O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi tomonidan belgilab berilgan 9 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha hamda institut ma’muriyati bilan xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi o’rtasida 2017-2020 yillarga mo’ljallab tuzilgan jamoa shartnomalari va kelishuvlari asosida faoliyat ko’rsatadi. Institutda faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar, tahsil olayotgan talabalarga yaratilayotgan mehnat qilish, o’qish va dam olish sharoitlari, sport-sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dam olishlarini tashkil etish, ularni mustaqillik yillarida bunyod etilgan diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Institut kasaba uyushmasi faoliyati keng qamrovli bo’lib, u institut professor-o’qituvchilar va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash, institutda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligini ta’minlash, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish singari bir qator eng muhim vazifalarni amalga oshiradi.
Professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarimizni ijtimoiy himoyalash doimiy ravishda diqqat e’tiborimizda bo’lib kelmoqda. Jumladan, 60, 70 va 80 yoshga to’lgan ustozlarning yubileylari munosabati bilan ularga kasaba uyushma fondidan qimmatbaho esdalik sovg’alari berildi.
Ko’p yillik samarali mehnati Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g’oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o’zligimizni anglash yo’lida katta xissa qo’shayotgan va jamoamiz o’rtasida hurmat qozongan qo’yidagi professor-o’qituvchilarimizdan G’.X.Raximov, X.D.Norqulov, Sh.Safarov, A.R.Nazaryan, T.A.Azizov, Sh.J.Shomurodova, M.Begmatov, N.Yo.Turdiyeva, R.T.Shodiyev, Ch.A.Zubaydova, S.M.Xayitov, M.B.Xalikov, B.Z.Sharofov, Pashali Usmon va O.Ya.Yusupovlarning nomzodlari “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” estalik nishonini olishga tavsiya etildi
Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german tillari fakulteti 4 kurs nemis yo’nalishi kuzi ojiz talabasi Ravshanova Shaxnoza Axmad qizini O’zbekiston Respublikai mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlanishga tavsiya etildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida “Sog’lom ona va bola yili” va O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan institutda o’zoq yillardan buyon xalol mexnat qilib kelayotgan professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan 10 nafariga Respublikamiz miqiyosida joylashgan sog’lomlashtirish sanatoriyalariga imtiyozli yo’llanmalar ajratildi, jumladan institut xotin-qizlar qo’mitasi raisligini un yildan o’zoq boshqargan roman-german tillari fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasi katta-o’qituvchisi Shafoat Zoirovna Fozilovaga “Turon”, roman-german tillari fakulteti nemis filologiyasi fakulteti dosenti Fayzullo Xamdamovich Tog’ayevga Chimyon sanatoriyasiga bepul, ingliz tili fonetikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Gulchexra Qodirovaga Ibn-Sino sanatoriyasiga, ARM xodimi A.Muxammadiyevga Chimyon sanatoriyasiga, jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, dosent X.Buriyevga Ibn-Sino sanatoriyasiga, jismoniy madaniyat kafedrasi dosenti Rustam Ibragimovichga Ibn-Sino, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Nigora Daminovaga Oq-tosh, jismoniy madaniyat kafedrasi k/o’qituvchisi Dilbar Alimjanovaga Miraki, institut xisobchisi Joxongir Turapovga Ibn-Sino sanatoriyalariga kasaba uyushmasi tomonidan imtiyozli yullanmalar 2016 yil yozgi ta’til davrida berildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida “Sog’lom ona va bola yili” va O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan institutda o’zoq yillardan buyon xalol mexnat qilib kelayotgan 25 nafar professor-o’qituvchi va xodimlarimizga kasaba uyushmasi tomonidan uch million sumlik qimmatbaho sovg’a va gullar taqdim etildi. Shuningdek institutda faoliyat ko’rsatuvchi 32 nafar xodimlarimizning farzandlari uchun ikki million uch yuz ming sumlik o’quv qurollari sovg’a qilindi, shuningdek oilaviy sharoiti og’ir kam ta’minlangan xodimlarimizga bir million sum moddiy yordam berildi.
2016 yil sentyabr oyining boshida institut ma’naviy va ma’rifiyishlar bo’yicha prorektor X.D.Norqulov bilan Oqdaryo tumanida paxta yig’im terimiga bag’ishlab bo’lib o’tgan yig’ilishda qatnashdik.Paxta yig’im terimiga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va viloyat xokimi o’tkazdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchi, xodimlari va talabalaridan 1360 nafari Oqdaryo tumanining R.Xamrayev, Daxbet, Baraka, A.Qodiriy va Navruz MMT larida ikki oyga yaqin paxta terimda bo’lib 1700 tonnadan ortiq davlat xirmoniga paxta terib berishdi.
2016 yil 1 oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kunini Oqdaryo tumaning R.Xamrayev xujaligida katta tantana sifatida o’tkazilib institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi 100 ga yaqin professor-o’qituvchilarga bir piyola choy ustida badiiy kecha o’tkazilib kasaba uyushmasi tomonidan ikki million sumlik sovg’alar taqdim etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti rektorati tomonidan paxta yig’im-terimda faol ishtirok etgan 80 nafar prfessor-o’qituvchilarimizga choy tashkil qilinib namunali xodimlarimizning 60 nafariga kasaba uyushmasi tomonidan ikki million sumlik estalik sovg’alari berildi.
2016 yil 3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan institutda faoliyat kursatuvchi 5 nafar professor-o’qituvchi va xodimlarimizga institut kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaxo sovg’alar va gullar tashkil qilindi.
2016 yil 7 dekabr kuni institut majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan ma’naviy va ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Konstitutsiyaning moxiyati bo’yicha SamDU dosenti, xuquqshunoslik fanlari nomzodi A.Mirzayev va falsafa fanlari nomzodi dosent M.Bozorov mv’ruza qildi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi kam ta’minlangan professor-o’qituvchi va xodimlarimizning 6 nafariga 1200000 (bir million ikki yuz ming) sum moddiy yordam berildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining 2016 yil davomida Samarqand davlat chet tillar instituti ma’muriyati va xodimlar kasaba uyushmasi o’rtasida jamoa shartnomalarning bajarilishi to’g’risidagi ma’lumotnomani 2016 yil 14 dekabr kuni OTV yozma tariqasida yuborildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2016 yilni “Sog’lom ona va bola yili” deb elon qiliinishi munosabati bilan Samarqand shaxrida joylashgan 6-10 Mexribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar uchun “Qorbobo sovg’alari” va A.Jurayev nomidagi Viloyat qug’irchoq teatriga institutimiz professor-o’qituvchi va xodimlarimiz farzandlari uchun 2016 yil 30 dekabr kunlariga 1800000 (bir million sakkiz yuz ming) sumlik bepul chiptalar va “Qorbobo va Qorqiz” sovg’alari tashkil qilindi
2017 yil 5 yanvar va 7 yanvar kunlari institut tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dosenti S.Jabbarovning 70 yoshlik va ispan va italyan tillari kafedrasi mudiri, dosent A.Begmatovning 60 yoshlik yubileyi institut miqiyosida keng nishonlandi va institut kasaba uyushmasi tomonidan 700000 sumlik qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi professori Maxmud Lutfullayevga sog’ligini tiklashi uchun 2017 yil yanvar oyiga O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan “Buston” sanatoriyasiga kasaba uyushmasi tomonidan imtiyozli yullanma berildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 dekabrdagi 494-sonli buyrug’i bo’yicha Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2016 yil 9 dekabrda 454 sonli ichki buyrug’i chiqdi, kasaba uyushmasi va ma’muriyat o’rtasidagi jamoa shartnomalarga o’zgarishlar kiritish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
2017 yil 12 yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi nomidan O’zbekiston Respublikasi qo’rolli kuchlari tashkil bo’lganligining 25 yilligi munosabati bilan Amir Temur xaykali poyiga gulchambar qo’yildi va institutimiz nomidan Samarqand viloyati Kattaqurg’on shaxrida joylashgan 02855-sonli xarbiy qismda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor X.D.Norqulov boshchiligida badiiy va ma’naviy tadbir o’tkazildi.
2017 yil 16 yanvar kuni soati 13.00da institut majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Vatan ximoyachilari kunining 25 yilligi munosabati bilan badiiy kecha o’tkazildi.Tadbirda Samarqand shaxar xarbiy orkestrlari, institut muddatli xarbiy xizmatdan o’tgan xarbiy askarlar chiqishi bo’lib o’tdi. Institut rektori I.Tuxtasinov institutimiz jamoasini Vatan ximoyachilari kuni bilan tabriklab Afg’on urushi qatnashchilariga bir million sumlik estalik sovg’alari va gullar taqdim etdi.
2017 yil 16 yanvar kuni Afg’on urushi qatnashchilariga institut kasaba uyushmasi tomonidan bir piyola choy tashkil qilindi va kam ta’minlangan, sog’ligini yo’qotgan xodimlarimizga 500000 (besh yuz ming) sum moddiy yordam berildi.
Samarqand viloyati kasaba uyushmasining 2017 yil 13 yanvardagi MB-08/39-sonli xati va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 18 yanvardagi 2184-raqami bilan ro’yxatdan o’tgan “Ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonida o’quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz xodisalarni tekshirish va xisobga olish tartibi to’g’risida”gi Nizom talabiga muvofiq institutda ulim bilan tugagan va og’ir baxtsiz xodisalar ruy bermaganligi to’g’risida ma’lumotni 2017 yil 18 yanvar kuni viloyat kasaba uyushmasiga yuborildi.
2017 yil 15 yanvardan boshlab institut xududida joylashgan ovqat tayyorlash shoxabchalarining sanitariya - gigiyenik xolatini va nonushtalarning sifatini o’rganib institut rektoriga ma’lumotnoma tayyorlab berildi.
2017 yil 27 yanvar kuni institut majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning to’g’ilgan kuniga bag’ishlab badiiy xotira kechasi o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonidan mexmonlar qatnashishdi.
2017 yil 2 fevral kuni institut majlislar zalida kengaytirilgan ilmiy kengash bo’lib o’tdi. Ilmiy kengashda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining vakillari A.Nazarov, Q.Xayitov, V.Topildiyevlar qatnashib institutdagi o’quv, ma’naviy va ma’rifiy holatlarning ahvoli bo’yicha ma’ruza qilishishdi.
2017 yil 9 fevral kuni Samarqand shaxrida joylashgan Hazrati Mir Alisher Navoiyning 576 yilligi munosabati bilan uning haykali poyiga institutimiz jamoasi nomidan guldasta qo’ydik. Tadbirni Samarqand viloyati yoshuvchilar uyushmasi ma’sul kotibi Orif Xoji olib bordi. Tadbirdan keyin institutimiz majlislar zalida Mir Alisher Navoiyning 576 yilligiga bag’ishlab adabiy kecha o’tkazildi.
2017 yil 14 fevral kuni soati 11.30 da institut axbarot resurs magkazida Zaxriddin Muxammad Boburning 534 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda ARM direktori A.Eshqobilov, arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri A.Rurabov va ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i I.Mamasoliyevlar Bobur ijodi va hayoti xaqida ma’ruza qilishdi.
2017 yil 16 fevral kuni Samarqand viloyati IIB yul harakati posponlari va Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan Respublikamiz miqiyosida ichki ishlar va bojxona tizimida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ochiq muloqat bo’lib o’tdi.
2017 yil - “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari ” talablarini bajarish doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchi va xodimlarining turli muammo va kamchiliklarini aniqlash bo’yicha 13 fevraldan 18 fevralgacha barcha bo’lim va fakultetlarda amaliy ishlar qilindi
2017 yil 20 fevraldan 25 fevralgacha institut talaba va xodimlarining darsga va ishga o’z vaqtida kelishi va keyinish madaniyatining davr talabiga javob berish masalasini institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.D.Norqulov bilan nazorat qildik.
2017 yil 25 fevral kuni institut majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademigi Axmadali Axmedov, professorlar Jamol Jalolov va Shaxriyor Safarovlar bilan xozirgi ta’lim tizimi muammolariga bag’ishlangan badiiy kecha bo’lib o’tdi. Mexmonlarga institutimiz jamoasi nomidan sovg’a va gullar taqdim etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar kasaba uyushmasi institutimiz professor-o’qituvchilardan A.Turobov, A.Eshqobilov, S.Bozorov va A.Raximovlarning to’g’ilgan kunlarini nishonlashdi va ularga kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alar va gullar taqdim etildi
2017 yil “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” talablarini bajarish doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchi va xodimlarining oilaviy muammolarini aniqlash bo’yicha savolnomalar o’tkazilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut ma’muriyati bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
“Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat Dasturini bajarish va xotin qizlar bayrami munosabati bilan 2017 yil 4 mart kuni soati 9.00 da SamDU sport zalida viloyat tumanlari xotin-qizari o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha musabaqa bo’lib o’tdi va institutimizdan 60 nafar talaba qatnashishdi.
2017 yil 6 mart kuni “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan” institutimizda ishlovchi va ishlab ketgan 250 nafar ayol professor-o’qituvchi va xodimlarimizga bir piyola choy ustida bayram tadbiri o’tkazildi va o’larga institut kasaba uyushmasi tomonidan uch million sumlik estalik sovg’alari taqdim etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvatlash “Nuroniy” jamg’armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4906-sonli Farmonining 10-ijrosini bajarish bo’yicha Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi ma’lumotni viloyat “Nuroniy” jamg’armasiga 2017 yil 9 mart kuni taqdim etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi 2017 yil 11-12 mart kunlari institut xududida xayriya xashari o’tkazdi va institut professor-o’qituvchi va xodimlari o’zlarining xoxishlari bilan bir kunlik ish xaqini xayriya sifatida Samarqand shaxar obodonlashtirish boshqarmasiga o’tkazishdi.
2017 yil 17 mart kuni institutimiz talaba-qizlari o’rtasida tashkil etilgan “Zulfiyaxonim qizlari”ko’rik tanlovi o’tkazilib g’olib bo’lgan 5 nafar qizlarimizga institut kasaba uyushmasi tomonidan qimmmatbaho sovg’alar estalik sifatida taqdim etildi.
2017 yil 19 mart kuni Samarqand shaxrida umumxalq bayrami Navruzga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Institutimiz jamoasi milliy taomlarimizdan sumalak, xalisa, xonim va boshqa unlab taomlarni tayyorlashdi. Imkoniyatdan kelib chiqqan holda institut xodimlar kasaba uyushmasi ham institutda faol ishlovchi xodimlarimizni va sport musabaqasi g’oliblarini moddiy raxbatlantirish maqsadida kasaba uyushmasi fondidan ikki million sum ajratildi.
2017 yil 30 mart kuni institut Ilmiy kengashida Samarqand chet tillar instituti ma’muriyati va kasaba uyushmasining 2016 yilda amalga oshirilgan ma’naviy, ma’rifiy, iqtisodiy va ijtimoiy ishlari bo’yicha jamoa shartnomasining bajarilishi bo’yicha xisobat berildi.
2017 yil 6 aprel kuni institut ma’naviyat va ma’rifat Kengashida institut xodimlar kasaba uyushmasi raisi I.Salomov kasaba uyushmasining professor-o’qituvchi va xodimlarni ijtimoiy qullab-quvvatlashdagi amaliy ishlari to’g’risida ma’lumot berdi.
2017 yil 7 aprel kuni soati 19.00 da institut talabalar turar joyida yashovchilarning “Eng namunali xona”, “Eng toza qavat”, “Orista talaba” mavzusida kurik tanlovi bo’lib o’tdi va institut kasaba uyushmasi tomonidan g’oliblarga estalik sovg’alari taqdim etildi.
2017 yil 9 aprel kuni buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur xaykali poyiga institutimiz jamoasi nomidan gulchanbar qo’yildi va institut xududida ozodalik va tozalik xashari o’tkazildi.
2017 yil 13 aprel kuni institut ilmiy kengash xonasida O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi raisi o’rinbosari Sh.Dehqonov v, Samarqand viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi raislari qatnashishdi.
2017 yil 14 aprel kuni roman-german tillari fakulteti talabalari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy masalalari bo’yicha ananim so’rovnoma o’tkazildi va talabalarning adolatli fikrlarini ma’navicht bo’limi bilan birgalikda o’rgandik
2017 yil 20-25 aprelgacha Samarqand davlat chet tillar institutida ishlab ketgan 46 nafar professor-o’qituvchi va xodimlarning manzili aniqlanib o’larning oilaviy sharoitidan xabar olishni mutassadi fakultet va bo’limlarga 9 may “Xotira va qadrlash” bayrami munosabati bilan yuklatildi.
2017 yil 29 aprel kuni Samarqand viloyati talaba yoshlari o’rtasida bo’lib o’tadigan yugirish marofanida institutimizdan 70 nafar talaba qatnashib munosib o’rinlarni egallashdi..
2017 yil 27 aprel kuni Samarqand shaxar Nodiriy mexmonxonasida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag’ishlangan semenarga qatnashdik. Semenarni Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Maxmud Xamidovich Boboyorov olib bordi.
2017 yil 28 aprel kuni institut majlislar zalida O’zbekiston davlat dram teatri aktiyorlari ishtirokida sahna ko’rinishlari ko’rsatildi. O’nda O’zbekiston xalq artisti A.Begmatova, O’zbekistonda xizmat kursatgan artist J.Rametov, O’zbekistonda xizmat kursatgan artist D.Boboxonovalar qatnashishdi.
2017 yil 29 aprel kuni Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan “9-may xotira va qadrlash ” bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan salomatlik marafonida SamDChTI dan 70 nafar talaba qatnashib faxrli o’rinlarni olishdi.
2017 yil 6 may kuni institut talabalar oshxonasida “9-may xotira va qadrlash ” kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirga institutda ishlab ketgan 46 nafar nafaqaxur professor-o’qituvchi va xodimlarimiz, shuningdek institutda faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchi xodimlarimizdan 42 nafariga pir piyola choy ustida ma’naviy tadbir o’tkazildi hamda uch nafar Afg’on urushi qatnashchilariga institut kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alar taqdim etildi.
2017 yil 9 may Xotira va qadrlash bayrami munosabati bilan Samarqand viloyati Narpay tumanida istiqomat qiluvchi marxum xarbiy Jasorat medali sohibi A.Xasanovlarning oilasiga sovg’alarni institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor X.Norqulov va arab tillari kafedrasi o’qituvchisi U.Qodirov bilan topshirdik.
Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan Qudratov Lochin va Ashurov Zafarning ota-onalari uchun Chinobod va Buston sanatoriyalariga imtiyozli yullanmalar olib berildi.
2017 yil 22-27 may kunlari “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchi va xodimlari o’rtasida sportning 5 turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi va g’olib komandalar institut kasaba uyushmasi tomonidan ikki million sumlik sovg’alar bilan taqdirlandi.
2017 yil 29 may kuni Samarqand viloyati hokimining topshirig’i bilan Kattaqurg’on shaxridagi maxallalarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qarorlari , Farmoyishlari va buyruqlarini targ’ibot qilishga bordik.
Samarqand davlat chet tillar instituti kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolari O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2017 yil 22 maydagi №RK/31 xatiga asosan institut marketing bo’limi bilan xamkorlikda institut bitiruvchilarining bandligi bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va kasaba uyushmasi tomonidan amaliy yordam ko’rsatildi.
2017 yil 2 iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti majlislar zalida “Kitobxonlik madaniyati va badiiy tarjima maxorati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiya G’aybullo Salomovning 85 yilligiga bag’ishlangan bo’lib, Respublikamizda mashxur tarjimashunos olimlar ishtirok etishdi.
Yozgi ta’til boshlanishi munosabati bilan institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchilardan Rustam Taxirovich Shodiyev va Beknazar Zayniyevich Sharofovga Namangan viloyatida joylashgan “Chortoq” sanatoriyasiga imtiyozli yullanmalar kasaba uyushmasi tomonidan berildi.
2017 yil 19 iyun kuni ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Svetlana Yure’vnaning 50 yoshlik yubileyini o’tkazdik va kasaba uyushmasi tomonidan estalik srvg’alarini taqdim etdik.
2017 yil 20 iyun kuni “O’zbekiston-umumiy uyimiz” mavzusida Samarqand shaxarida yashovchi xar xil millatlar ma’naviyat markazining ma’naviy tadbirini o’tkazildi va barcha millat vakillariga kasaba uyushmasi tomonidan gullar taqdim etildi.
Institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi kam ta’minlangan sog’ligini yo’qotgan professor-o’qituvchi va xodimlarimizga Ramozon Hayiti bayrami munosabati bilan 600000 sum kasaba uyushmasi tomonidan moddiy yordam berildi.
2017 yil 5 iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti majlislar zalida Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishda ko’maklashish dasturini muhokama qilishdi. Tadbirni Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.X.Qodirov olib bordi.
2017 yil 14 avgust kuni Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining navbatdan tashqari riyosati bo’lib o’tdi. Riyosatda tashkiliy masala viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi vazifasiga Suxrob Rafiqovni sayladi. Riyosat yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi Federasiyasi raisi o’rinbosari Baxtiyor Xasanovich, viloyat xokimi o’rinbosari Sh.Kulmatov, viloyat “Nuroniylar” kengashi raisi Xasan Normurodov, viloyat “Maxalla” kengashi raisi Maxmud Boboyorovlar qatnashishdi.
2017 yil 20 avgust kuni institut roman-german tillari fakulteti binosi santexnigi Aziz Xamdamovga sog’ligini tiklashi uchun kasaba uyushmasi tomonidan Ibn-Sino sanatoriyasiga imtiyozli yullanma ajratildi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan institutda faoliyat ko’rsatuvchi faol professor-o’qituvchi va xodimlarimiz farzandlari uchun 2500000 (ikki million besh yuz ming)sumlik o’quv qurollari sovg’a tariqasida tarqatildi.
2017 yil-Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili va O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi faol professor-o’qituvchi va xodimlarimizni yozgi ta’til davrida ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini va mehnat sohasidagi xuquqlarini himoyalash bilan birga sog’liqlarini tiklashi uchun institutda uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan professor-o’qituvchilarimizdan M.B.Xalikov, A.Yuldoshev va M.J.Bozorov, A.Turobov, I.Mamasoliyev, B.Sharipovlarga 1500000 (bir million besh yuz ming) sum miqdorida kasaba uyushmasi tomonidan moddiy rag’batlantirildi.
2-6 sentyabr kunlari Samarqand davlat chet tillar instituti barcha fakultetlarida “Mustaqillik”, “ Xotira” va” Birinchi kurs maktabi” mavzusida uchrashuvlar bo’lib o’tdi. Uchrashuvda institut va fakultet raxbariyati talabalarga institut ichki tartib qoidalari to’g’risida ma’lumot berishdi.





SamDChTI xodimlar va talabalar
kasaba uyushmasi raisi I.Salomov
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 94
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Xodimlar kasaba uyushmasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 0

cron