Oilani asrash barchamizning burchimiz

Oilani asrash barchamizning burchimiz

Сообщение Muzaffara » 16 июн 2017, 21:36

Yaqindagina institutimizning bir guruh talaba qizlari bilan eng dolzarb mavzulari bo'yicha davra suhbati o'tkazildi. Tadbir institut xotin-qizlar qo'mitasi raisi Normurodova Muzaffara tomonidan tashkil qilindi. Tadbirga Samarqand shahar Reproduktiv salomatlik kasalxonasi mudirasi taklif qilindi.
Tadbirda oilada vujudga keladigan muammolar, yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari to'g'risida atroflicha ma'lumotlar berildi. Tajribali shifokor qizlarga juda qiziqarli ma'lumotlarni berib o'tishdan tashqari ularni qanday qilib bartaraf etish yo'llarini ham aytib o'tdi:
"Yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikoh oqibatida ikki tomon o'rtasida nifoq tushishi ko'plab kuzatiladi. Bu esa masalaning bir tomoni. O'zaro nikohga kirishgan tomonlarning kelgusida bir-biri bilan chiqishib keta olishi, ular o'rtasida paydo bo'luvchi farzandning ba'zi jismoniy nuqsonlar bilan tug'ilishi, ba'zi holatlarda esa olamdan ko'z yumish holatlari bizni o'ylantirmasdan qo'ymayapti. Shu sababli qizlar o'rtasida bu haqida tushuntirish ishlarini olib borish kun tartibimizga kiritilgan..."
Muzaffara
Любопытный
 
Сообщений: 42
Зарегистрирован: 19 май 2015, 14:51
Имя: Muzaffara
Фамилия: Normurodova
Статус: Учитель

Вернуться в Xotin-qizlar qo'mitasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 0

cron