Ona diyorimizda fasllar kelinchagi – bahor kezmoqda, tabiat uyg‘onmoqda. Borliqdagi yangilanish, yasharish ozod va obod Vatanimizga Navro‘zi olam kirib kelganidan mujda beradi. Ezgulik, muhabbat, xayr-saxovat, shafqat va shafoat ayyomi qalblarga olam-olam surur, yangidan-yangi orzu-havaslar baxsh etadi. Yurtimiz bu gal ham tinch va osoyishta, xalqimiz sihat-salomat va bardam, salmoqli yutuqlari, mo‘l-ko‘l orzulari, ezgu tilaklari bilan Navro‘z shodiyonalariga qadam qo‘ymoqda.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolimizdan oldin Navro‘z tiklandi. Mustaqillik yillarida esa bu bayram izchil rivojlandi, takomillashdi, uning mazmun-mohiyati boyidi va ezgulik bilan yo‘g‘rilgan yangi qirralari namoyon bo‘ldi.
SamDCHTI professor-o'qituvchilari, talabalar, MAGISTRLAR, ishchi xodimlar barchangizni kirib kelayotgan navro'z ayyomi bilam muborakbod etamiz. Labingizdan kulgu, yuzingizdan guzallik, mehr-muhabbat hech qachon arimasin.
