LITSEYLARDA MA’NAVIYAT TADBIRLARI HAMKORLIKDA O‘TKAZILMOQDA

LITSEYLARDA MA’NAVIYAT TADBIRLARI HAMKORLIKDA O‘TKAZILMOQDA

Сообщение turobov » 14 фев 2018, 13:23

Samarqand davlat chet tillar institutining etakchi professor-o‘qituvchilari litsey va kollejlar ma’muriyati taklifi bilan viloyat va mintaqa miqyosidagi turli-tuman ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi o‘qituvchilari tomonidan «Navoiyxonlik va boburxonlik» tadbirida bir guruh professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirni litseyning direktori A.X.Usmanov ochib berdi. Shundan so‘ng ikki buyuk mutafakkir - Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur ijodiy faoliyati haqida kirish ma’ruzani Samarqand davlat chet tillar instituti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor v.b A.K.Eshqobilov o‘qidi.
Shuningdek tadbirda SamDChTI Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulьteti arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri f.f.n, dotsent A.Turobov so‘zga chiqib talabalarga ikki ijodkorning hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi va milliy ma’navitimiz uchun ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi. Tadbirda Alisher Navoiy va .Bobur g‘azallaridan namunalar va asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir mushoira va kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.
turobov
Прохожий
 
Сообщений: 51
Зарегистрирован: 17 янв 2017, 09:22
Имя: Abdurayim
Фамилия: Turobov
Статус: Учитель

Вернуться в Arab tilli nazaryasi va amaliyoti kafedrasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: Yandex [Bot] и гости: 1

cron