Страница 1 из 1

Pastdarg'om tibbiyot kollejiga tashrif

СообщениеДобавлено: 23 фев 2018, 11:25
yarbekov
Joriy o'quv yilining 14-fevrak kuni "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari Pastdarg'om tibbiyot kollejiga tashrif buyurib, “Innovative Methods of Teaching English” mavzusida amaliy seminar trening va 1 soatlik master-klass mashg'uloti o'tkazishdi. Bundan tashqari "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri G. X. Obruyeva mazkur muassasa rahbariyati bilan bo'lgan suhbatda, bundan buyon ikkala tomon o'quv hamda ma'naviy-marifiy ishlar sohasida aloqalar mustaxkamlanajakligini takidlab o'tdi. Kelajakda amalga oshiriladigan ishlar xususida kelishib olindi.