Страница 1 из 1

Oqdaryoga tashrif

СообщениеДобавлено: 27 сен 2017, 13:30
yarbekov
“Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari 2017 yil 26-sentyabr kuni Oqdaryo Pedagogika kasb-hunar kolleji hamda Oqdaryo maishiy xizmat kasb-hunar kollejlarida bo’lib, mazkur ta’lim muassasa rahbariyati bilan yangi 2017-2018 o’quv yilida o’zaro hamkorlikni yanada jonlashtirishga kelishib olishdi. Yangi o’quv yili uchun qayta shartnoma bandlari ko’rib chiqilib, mazkur huquqiy hujjat asosida ikkala o’quv muassasi o’rtasida istiqbolli reja tuzilib, tasdiqlandi. Kelajakda qilinadigan ishlar yuzasidan o’zaro kelishib olishdi.