Страница 1 из 1

KONSTITUTSIYA MILLIY QOMUSIMIZ

СообщениеДобавлено: 09 дек 2016, 13:44
ablakulova-ozoda
Samarqand shahridagi 45-umum ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 24 yilligiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Samarqand shaharidagi barcha maktab o'qituvchilari, shu maktabda xozirda amaliyot o'tayotgan SamDChTI Ingliz tili fakulteti 414 guruh talabalari hamda amaliyot rahbari Ablakulova O.J. ishtirok etishdi. Seminarda Samarqand shahar Prokuror o'rinbosari Hamdamov Z, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati rahbari Hamroyev A, 45-maktab direktor o'rinbosari Ziyodullayeva X, so'zga chiqishdi. Ushbu yillar mobaynida yurtimizda xususan Samarqand viloyatida bo'layotgan o'zgarishlar hamda kelajakdagi istiqbolli rejalar to'g'risida so'z yuritilarkan, ta'lim sohasida erishilgan yutuqlar to'g'risida alohida to'xtalib o'tildi.