Vaqtdan hayot degan mato yaraladi.

Vaqtdan hayot degan mato yaraladi.

Сообщение mr-ton » 17 май 2016, 13:56

``Hayotni sevasizmi? Sevsangiz, vaqtni boy bermang, chunki vaqtdan hayot degan mato yaraladi`` degan ekan B. FRANKLIN.Ha,Albatta bazilar uchun vaqt pul,bazilarga sog`lik, bazilar uchun esa hech narsa. Odam tabiatan qiziq yaratilgan — boyligini yo‘qotsa xafa bo‘ladiyu umri zoe ketayotganiga esa parvo qilmaydi.Bugungi kunda biz vaqtimizni nimalarga sarflayapmiz o`zi ? Bizni vaqtimizni nimalar o`g`rlab qo`yapti ? Bu savolga javobni taxmin qildingiz mening fikrimcha.Bizning davrimizga kelib telefon, kompyuter chiqdiyu bizdan kitobni tortib oldi, oylab yillab uyga oila azolarimizni ko`rishga bormay telefon orqali hol ahvol so`raydigan bo`lib qoldik. Vaqt deganda bazilarni gaplarini eshtib qolamiz,``E vaqtim bo`lganda men bunday qilardim ,e vaqtim behuda o`tdi, vaqt yana orqaga qaytsa edi`` J. LABRUYER ning bir gapi bor`` Behuda o‘tkazilgan vaqt to‘g‘risida armon qiladigan kishilarga qolgan vaqtdan oqilona foydalanish ham muyassar bo‘lmaydi`` Vaqt shunchalar beshavqatki ko`z ochib yumgincha bizdan yoshligimizni,kuchimizni,bilimimizni,orzu umidlarimizni.bor budimizni tortib oladi, Lekin aqilli inson esa vaqtim behuda o`tdi hech narsaga ulgurolmadim demaydi.Agar bekorchi odamga ming yil umir berilsa ham ming yilni ham bekorchilik bilan o`tkazadi. Agar sizga kimdir kelib seni bir yil umring qoldi desa nima qilgan bo`lardingiz ?Ha ko`pchillikni xayolidan o`tgan bo`lsa kerak.Men faqat vaqtimni oila azolarim bilan o`tkazardim,men dunyo bo`ylab sayohatga chiqardim ,men faqat yaxshilik qilardim. Unday bo`lsa xarakatni hozirdan boshlang.

Raxmonqulov Doston
mr-ton
Новичок
 
Сообщений: 10
Зарегистрирован: 19 мар 2016, 11:44
Имя: Doston
Фамилия: Raxmonqulov
Статус: студент

Вернуться в Yosh jurnalistlar to'garagi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron