Ommaviy madaniyat

Ommaviy madaniyat

Сообщение mr-ton » 29 апр 2016, 16:31

Hozirgi kunda o`zaro muloqotlar va suhbatlarning asosiy mavzusi ommaviy madaniyat bo`lib qoldi.Madaniyatning tarqalish tezligi shu qadar tez ekanki uni oddiygina butulka qopqog`idan qidirishimiz ham mumkin ekan. O`tgan asirda biror millatni yo`q qilish uchun qimmatbaho qurollar,kuchli armiya kerak bo`lgan bo`lsa bugungi kunda esa ``mafkuraviy urush`` orqali butun bir millatni yo`q qilish mumkin.Buning uchun hech qanday mablag`ning keragi yo`q shunchaki giyohvandlikni,o`ziga bo`lgan ishonchsizlik , pornografiya,qonxo`r yovuzlikni ifoda etuvchi suratlar,videolar o`yinlar axborot tarmog`iga joylashtirishi ularga bir tomondan katta miqdorda mablag` bilan boqsa ikkinchi tomondan esa ular asil maqsadlari tomon oldinga harakat qila boshlaydi. Dunyo eksportlarining ma’lumotlariga ko‘ra, global tarmoqda o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 10 mingdan ziyod sayt mavjud. Kompyuter o‘yinlarining 49 foizi zo‘ravonlik va yovuzlikni targ‘ib qiladi. Ular dunyo miqyosidagi bolalarning 38 foizi zo‘ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foizi esa millatchilik xarakteridagi veb-sahifalarni muntazam kuzatib borishini aniqlashgan.Jaloliddin Rumiyning shunday gapi bor ``Shamol sharqdan kelsa sabodur g`arbdan kelsa vabodur``darhaqiqat hozirgi kunda g`arb madaniyati biz uchun kerakmikan o`zimizni qadriyatlarimiz urf odatlarimiz o`zimizni madaniyatimiz qani.G`arb madaniyatini tasirini yo`qotish uchun nima qilish kerak ?Avvalo Ommaviy madaniyatni anglatish uchun eng kerakli narsa tarixni anglatish diyilayapti. Ana endi tangani ikkinchi tarafi ham bor.G`arb deymizu ayibni o`zimizdan izlab ko`raylik.Dada bolaga e`tibor bermayapti onalar ham hattoki bolalarini tezroq boqchaga oborib qo`ysamu o`zimni ishlarimni qilsam deydi.Ovqatlanish shahobchalarida qo`yilgan televizorlarga e`tibor berganmisiz? Bu narsa bir zumda tasir qilib qolmaydi sekinlik bilan ko`nikma paydo qilib insonni hayotini izdan chiqaradi. Bunday misollarni ko`plab keltirishimiz mumkin.Eng asosiysi g`arb madaniyatini tubdan yo`qotib bo`lmaydi.Shu sababdan unga qarshi kurashishda o`zimizda kuch topishimiz zarur.Muhtaram yurtboshimiz Islom Karimov ``Bu dunyoni deb u dunyoni unutma u dunyoni deb bu dunyoni unutma``deydi o`zining Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch asarida.

Tayyorladi;Raxmonqulov Doston
mr-ton
Новичок
 
Сообщений: 10
Зарегистрирован: 19 мар 2016, 11:44
Имя: Doston
Фамилия: Raxmonqulov
Статус: студент

Вернуться в Yosh jurnalistlar to'garagi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron