“BMI yozish tartibi va talablari" mavzusida seminar

“BMI yozish tartibi va talablari" mavzusida seminar

Сообщение faxriddin » 09 ноя 2017, 14:45

2017 yilning 7 noyabr kuni “Bitiruv malakaviy ishini yozish tartibi va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar” mavzusida kafedra mudiri f.f.n. Turdiyeva N.Y. va o'qituvchi Nurbayeva Sh. K. tomonidan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjimonlik yo’nalishi 4-kurs talabalari uchun seminar trening o'tkazildi.
Seminar belgilangan vaqtda boshlanib, seminar tashkilotchisi o’qituvchi Nurbayeva Sh. K. talabalarga mavzuni bayon qildi va kafedra mudiri Turdiyeva N.Yo. bitiruv malakaviy ishi yozish tartibi haqida tushuntirdi. Bunda ma’ruzachi tayyorlangan taqdimotdan foydalangan holda Bitiruv malakaviy ishi yozishidan asosiy maqsad quyidagilardan iboratligini aytib o’tdi:
ma’lum mavzu doirasidagi bilimlarini kuchaytirishga yordam berish;
belgilangan mavzu yechimini topishda soha bo’yicha adabiyotlar va statistik ma’lumotlar ustida ishlashni o’rgatish;
mavzu ustida har xil tadqiqotlar olib borishni va ularni tahlil qilish ko’nikmalarini hosil qilish;
mavzu doirasidagi muammolar yechimini topishda ilmiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish qobilyatlarini shakllantirishdir.
Shuningdek Bitiruv malakaviy ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish kimga yuklatilganligini va bu jarayonda kafedra tomonidan bitiruv malakaviy ishini yozishda qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlandi.
Ilmiy rahbarning va talabalarning vazifalari nimalardan iboratligi va Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida talabalar qanday ishlarni amalga oshirishlari kerakligi alohida ta’kidlandi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda alohida e’tibor adabiyotlarni tanlash va ular bilan ishlashga qaratilganini inobatga olib, adabiyotlarni o’rganish va ma’lumotlarni yig’ish muhimligi ta’kidlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzishga qo’yiladigan talablarga alohida to’xtalib o’tildi.
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish talaba bilimini yakuniy baholashdan biri bo’lib, u tayinlangan komissiyasining ochiq majlisida himoya qilinishi va talabaning o’z ishi yuzasidan tayyorlagan qisqa (10-12 daq) ma’ruzasidan iborat bo’lishi aytib o’tildi. Ma’ruzada mavzuning dolzarbligi, foydalanilgan manbalarning xususiyatlari, umumlashtirilgan xulosalar, muallifning bu masala yuzasidan qilgan fikr-mulohazalari va takliflari bayon etilishi maqsadga muvofiqligi aytildi.
Shundan so’ng talabalar o’z savollari bilan murojaat qilishdi va seminar qizg’in savol-javob shaklida o’tdi.
Вложения
20171107_112029.jpg
20171107_112029.jpg (167.86 KiB) Просмотров: 10
20171107_111945.jpg
20171107_111945.jpg (181.45 KiB) Просмотров: 10
faxriddin
Любопытный
 
Сообщений: 24
Зарегистрирован: 26 фев 2016, 14:50
Имя: Faxriddin
Фамилия: Bakiev
Статус: Учитель

Вернуться в Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron