Bobur – shoh va shoir

Talabalar ilmiy to'garagi

Bobur – shoh va shoir

Сообщение ashurova-x » 24 фев 2017, 11:54

20170215_090353.jpg
20170215_090353.jpg (298.93 KiB) Просмотров: 131
20170215_090353.jpg
20170215_090353.jpg (298.93 KiB) Просмотров: 131
20170215_090353.jpg
20170215_090353.jpg (298.93 KiB) Просмотров: 131
Bobur – shoh va shoir

2017 yil 15 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag’ishlab “Bobur – shoh va shoir” nomli madaniy tadbir Institutda tashkil etilgan “falsafiy munozaralar” to’garagi faol talabalari va Institutning “ijtimoiy fanlar kafedrasining” professor o’qtuvchilari ishtirokida tashkil etildi.Tadbirni buyuk o’zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qozongani, serjilo o’zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgani, uning nafis g’azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalaridan ekanligi to’g’risida ma’ruza va muxokamalar olib borildi.

Barchamizga ma’lumki Bobur she’riyat dunyosining sultonlaridan hisoblanadi.Uning tarixiga bir nazar tashlasak U buyuk sarkarda adolatli shoh va shoir bo’lishganligi hatto ancha yillar o’z vatanidan uzoqda qalbi sog’inch bilan o’tganligini bilamiz. Uning huzuriga amaldorlari ona yerida pishib yetilgan qovunni keltirishganida ko’zlaridan marjon-marjon yoshlar to’kiladi chunki ona zaminga bo’lgan muxabbat va vatan sog’inchi uning qalbini larzaga solardi ammo vatan diydori unga armon bo’lib qoladi, shunday bir vaziyatda buyuk shoir qalbidagi sog’inch va muxabbatni ushbu misralar orqali keltiradi;

Tole yo’qki jonimg’a baloliq bo’ldi,
Har ishniki ayladim hatoliq bo’ldi,
O’z yerimni qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab netay ne yuz qaroliq bo’ldi.

Bobokalonimizning yozgan g’azallari hali hanuzgacha saqlanib avloddan-avlodga o’tib kelmoqda.Mustaqilligimiz sharofati bilan Boburning tavallud kuniga bag’ishlangan tadbirlar butun O’zbekiston bo’ylab o’tkazilmoqda.Unga atab vatanimizning ko’plab ko’chalariga, istirohat bog’lariga, hattoki shahar va qishloqlarga ham uning nomlari qo’yilgan.


Samarqand Davlat Chet Tillari Institutida tashkil etilgan
"falsafiy munozaralar" to'garagi qatnashchisi 2-bosqich talabasi Mirzaqulov.A
ashurova-x
Прохожий
 
Сообщений: 53
Зарегистрирован: 22 мар 2016, 09:41
Имя: Xurshida
Фамилия: Ashurova
Статус: Учитель

Вернуться в Falsafiy munozaralar

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron