Usmonov O’rol

Institut ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shgan ustozlar uchun bag'ishlanadi.

Usmonov O’rol

Сообщение azamat » 16 июн 2014, 15:51

Изображение
Tarjimai hol

Men, Usmonov O’rol 1945 yil 24 mart oyida Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani Sangiqul k/s da tug’ildim. 1950-yilda 6-son o’rta maktab birinchi sinfiga o’qishga bordim va 1960 yil 10-sinfini bitirdim. 1963 yilda A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti chet tillar fakultetining ingliz tili bo’limiga o’qishga kirib, 1968 yili o’qishni bitirib, S.Ayni nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutining chet tillar fakultetida oddiy o’qituvchi, (1968-72), fakultet dekani muovini (1972-76), (1968-88), ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri (1988-90), Samarqand davlat universiteti ingliz filologiyasi kafedrasi dotsenti, (1991-93), Samarqand tibbiyot instituti tillar kafedrasi mudiri (1993-98), Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz filologiyasi fakultet dekani (1997-99), shu institut ilmiy ishlar bo’yicha rektor muovini (1999-2000), Samarqand qishloq xo’jaligi instituti tillar kafedrasi mudiri (2000-2005) hamda Sam DCHTI ingliz tili filologiyasi dekani (2003-2004), ushbu institut “ingliz tili tarixi va grammatikasi” kafedrasi mudiri (2005-hozirgi vaqtgacha).

Oilaviy ahvolim haqida gapirsam, otam Xasanov Usmon 1916-yilda Pastdarg’om tumani “Anjirli” qishlog’ida tug’ilgan. 1946-yilda vafot etgan. Samarqand viloyati IIB-polkovnik bo’lib ishlagan.

Onam Suyarova Kuysan 1920 yilda Pastdarg’om tumanida tug’ilgan. 1971yilda vafot etgan. Turmush o’rtog’im Bekmurodova Maxkam 1948 yilda Pastdarg’om tumanida tug’ilgan, hamshira, xozir nafaqada.

Qizim Usmonova Zebiniso O’rolovna 1966 yilda tug’ilgan o’qituvchi.

O’g’lim Usmonov Alisher O’rolovich 1968 yilda tug’ilgan, Samarqand shahar IIB- mayor.

Qizim Usmonova Zulfiniso O’rolovna 1969 yilda tug’ilgan, o’qituvchi

O’g’lim Usmonov Tolibjon O’rolovich, 1971 yilda tug’ilgan,musavvir.

Qizim Usmonova Zamira O’rolovna, 1973 yilda tug’ilgan , akademik litsey ma’naviyat bo’yicha direktor muovini

O’n uchta nabiralarim bor.



Ilmiy faoliyatim haqida

Pedagogik faoliyatim davomida 10 ta o’quv va uslubiy qo’llanmalar, 50 ta ilmiy maqolalar nashrdan chiqdi.

1983-yil 16 sentabrda “Ingliz tili dialogik nutqida to’liqsiz gaplar” mavzusida (Mutaxasislik-german tillari.10.02.04) nomzodlik dissertatsiyamni F.G.Shevchenko nomidagi Kiev davlat universitetida SSSR fanlar Akademiyasi tilshunoslik instituti Lelengrand bo’limi professori A.M.Muxining ilmiy raxbarligida yoqladim.

1990-yilda dotsent ilmiy unvoni, 2008-yil sentabr oyidan professor unvonini oldim.

Faoliyatim davomida 10 nafar tadqiqotchi va aspirantlarga ilmiy raxbarlik qilmoqdaman. Ulardan 3 nafari fan nomzodi bo’ldi.

Ashurov Shahobiddin Saidovich “Ingliz va o’zbek tillarida kesim tipologiyasi” 2007.25.12.
Kubeysikova Dametken Tursunbayevna “ Синтаксико-семантические особенности личных местоимений в структуре предложений современного английского языка”(10.02.04.) 2008.27-iyun.
Jollibekova Maryash Risnazarovna “Типология неполных предложений диалогической речи в разно-системных языках” (10.02.20.) 2008.5-dekabr.
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 88
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Faxriy ustozlar

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron