SIROJIDDINOV SHUHRAT SAMARIDDINOVICH

Institut ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shgan ustozlar uchun bag'ishlanadi.

SIROJIDDINOV SHUHRAT SAMARIDDINOVICH

Сообщение azamat » 10 июн 2014, 17:31

Изображение
SIROJIDDINOV SHUHRAT SAMARIDDINOVICH

Tarjimai holi
Filologiya fanlari doktori, professor
Samarqand viloyatida tug'ilgan. 1984 yilda Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetini tamomlagan(ToshDU)
1984 y. – Toshkent davlat universitetining sharq xalqlari adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi
1984 – 1986 yy. – harbiy xizmat
1987 – 1993 yy. – Samarqand davlat universiteti o'qituvchisi, rektor yordamchisi
1993 – 1998 yy. – O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Samarqand bo'limining katta ilmiy xodimi, bosh ilmiy kotibi
1998 – 2003 yy. – “Imom al-Buxoriy” xalqaro jamg'armasi boshqaruvi raisining o'rinbosari
2002 – 2003 yy. – Oksford islom tadqiqotlari markazi stajyor-ilmiy xodimi
2003 – 2005 yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining falsafa va jahon madaniyati kafedrasi professori, kafedra mudiri
2005 – 2012 yy. – O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining birinchi prorektori
2012 yildan – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori
2014 yil apreldan O’zMU o’quv ishlari bo’yicha prorektori.
Rektor sifatida Sh.S. Sirojiddinov institut o'quv-laboratoriya bazasini takomillashtirishga va xalqaro aloqalar tizimini kengaytirishga katta e'tibor qaratmoqda. Bu esa SamDChTI talabalariga, magistrantlariga, professor-o'qituvchilariga xalqaro tadqiqot lohilarida qatnashish, Yevropa va Osiyo davlatlari magistraturasida o'qishni davom ettirishga imkon beradi.
Shuhrat Samariddinovich - matnshunos olim, o'zbek mumtoz adabiyoti, diniy-falsafiy ta'limotlar va badiiy tarjima sohalarida tadqiqot olib boradi. 16 ta monografiya, risolalar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar hamda 140 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
Olim, pedagog, jamoat arbobi, ma'nan yuksak, o'tkir aql sohibi va oqil inson, tinib-tinchimas tashkilotchi rahbar – bizning rektor shak-shubhasiz, atrofdagilarga ilhom va kuch bag'ishlaguvchi maftunkor shaxsdir.

Asarlari
Ш.Сирожиддинов, Г.Одилова. Бадиий таржима асослари. Монография. Тошкент. “Мумтоз сўз” 2011 й. 164 б.
Ш. Сирожиддинов. Алишер Навоий: Манбаларнинг қиёсий-типологик, текистологик таҳлили. Тошкент. “Академнашр”. 2011 й. 326 б.
Ш. Сирожиддинов Ўзбек мумтоз адабиётининг фалсафий сарчашмалари. Тошкент. “Янги аср авлоди”. 2011 й. 132 б. 200 б.
Ш. Сирожиддинов Илм ва тахайюл сарҳадлари. Тошкент. “Янги аср авлоди”. 2011 й. 132 б.
Ш. Сирожиддинов. Бағрикенглик – динларнинг маърифий асоси. Тошкент. Тошкент ислом университети нашр-матбаа бирлашмаси. 2010 й. 127 б.
Ш. Сирожиддинов. Ислом фалсафасига кириш. Ўқув қўлланма. Тошкент. “Иқтисод-молия”. 2008 й. 125 б.
Р.Н.Носиров, Ш. Сирожиддинов, Х.А.Зияутдинова. Ўрта Осийлик олимларнинг фалсафий қарашлари. Ўқув қўлланма. Тошкент. ЎзР ФА И.Муминов номидаги Фалсафа в ҳуқуқ институти. 2007 й. 60 б.
Ш. Сиражиддинов. Религии мира. Учебное пособие. Университет мировой эконимики и дипломатии. Тошкент. 2006. 190 с.
Ш. Сирожиддинов. (Муҳаммад Муфти Оҳангароний) Мавлоно Лутфиллоҳ маноқиби. Имом Ал-Бухорий жамғармаси нашриёти. Тошкент 2002 й. 139 б.
Ш. Сирожиддинов Сўфи Оллоёр илоҳиёти. I қисм Жамият ва бурч. Имом Ал-Бухорий жамғармаси нашриёти. Тошкент 2001 й. 80 б.
Ш. Сирожиддинов XV-XVI асрлар тарихий тазкира-эсдаликларида Алишер Навоий ҳаёти ва фаолияти талқини. Самрқанд. “Зарафшон”. 1996. 100 б.
Ш. Сирожиддинов. Навоий навосидан баҳра олиб... Самарқанд. “Зарафшон”. 1996 й. 64 б.
Ш. Сирожиддинов. Навоий замондошлари эътирофида. Самарқанд. “Зарафшон”. 1996 й. 65 б.
Ш. Сирожиддинов. Шеъриятда инсон руҳий камолоти талқини. Самарқанд. “Зарафшон”. 1992 й. 52 б.
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 89
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Faxriy ustozlar

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1