Uzinfocom markazida Davomatni nazorat qilish axborot tizimi

Uzinfocom markazida Davomatni nazorat qilish axborot tizimi

Сообщение azamat » 03 дек 2014, 14:49

Uzinfocom markazida Davomatni nazorat qilish axborot tizimi (DNQAT) ishlab chiqildi va joriy etildi, deya xabar bermoqda markaz matbuot xizmati. U har qanday tashkilot va o‘quv muassasasida xodimlar va talabalar davomatini kuzatib borish uchun foydalanilishi mumkin.

Изображение

Xodimlarning ishga kelib-ketishi RFID belgili identifikatsiya kartalarini o‘qiydigan qurilmalar orqali ro‘yxatga olinadi. DNQAT Id.uz identifikatsiya servisi bilan integratsiyalashgan bo‘lib, bu uni turli davlat tashkilotlariga o‘rnatishda tejamkorlikka erishish imkonini beradi.

Bundan tashqari, DNQAT yordamida qo‘riqlanadigan zonalarga kirish cheklab qo‘yilishi mumkin. DNQATning tashkilotdagi ma’muri ma’lum bir xonaga kirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni belgilab qo‘yishi mumkin.

Изображение

DNQATda ma’muriyat, xodim, o‘qituvchi, talaba kabi turli rollarga ega foydalanuvchilarni yaratish mumkin. Har bir rol tizimda o‘z funksional imkoniyatlariga ega.

Davomatni nazorat qilish axborot tizimini o‘rnatish va joriy qilish bo‘yicha savollar yuzasidan Uzinfocom’ning Abonent bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: 238-42-37, 238-42-38

Manba: Daryo.uz
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 89
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Internet sahifalaridan

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1