Xodimlar kasaba uyushmasi ma'lumotnomasi

Xodimlar kasaba uyushmasi ma'lumotnomasi

Сообщение azamat » 25 мар 2014, 09:22

O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi Federasiyasi Kengashi tomonidan belgilab berilgan 9 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha hamda institut ma’muriyati bilan xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi o’rtasida 2011-2015 yillarga mo’ljallab tuzilgan jamoa shartnomalari va kelishuvlari asosida institutda faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar va tahsil olayotgan talabalarga yaratilayotgan mehnat qilish va o’qish sharoitlari, dam olish, sport-sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoyalash, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dam olishlarini tashkil etish, mustaqilligimiz yillarida bunyod etilgan diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlar tashkil etish ishlarini amalga oshirishda bajarilgan ishlari diqqatga moliqdir.
Institut kasaba uyushmasi faoliyati keng qamrovli bo’lib, u institut professor-o’qituvchilar va xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy va xuquqiy manfaatlarini ximoyalash, institutda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligini ta’minlash xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish singari bir qator eng muhim vazifalarni amalga oshiradi.
O’tgan davr mobaynida har yili turli mazmundagi madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish va o’tkazishda institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi ham faol ishtirok etdi. Professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar o’rtasida sog’lomlashtirish maksadida turli sport musobaqalari uyushtirildi. Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida o’tkazilgan sportning asosiy turlari bo’yicha faxriy birinchi o’rinni Roman-german filologiyasi fakulteti va rektorat jamoasi faxriy o’rinni egallab kelmoqda. G’oliblar kasaba uyushma fondidan munosib takdirlandilar. Yukorida kayd etilgan tadbirlarda faol qatnashgan professor-o’qituvchilarimiz uchun viloyatimizning ko’rkam tabiatli tog’lariga sayohat tashkil qilindi va g’oliblar kasaba uyushmasi fondidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
Professor-o’qituvchi, xodim va talabalarimizni ijtimoiy ximoyalash doimiy ravishda diqqat e’tiborimizda bo’lib turdi. Jumladan 60, 70 va 80 yoshga to’lgan ustozlarning yubileylari munosabati bilan ularga kasaba uyushma fondidan munosib esdalik sovg’alari berildi. Yuqorida kayd etilgan tadbirlar munosabati bilan xotin-kizlarimiz, nafaqadagi domlalarimizga moddiy yordam uyushtirdik va qimmatbaho esdalik sovg’alarini berdik.
Samarqand davlat chet tillar instituti iqtidorli talabalari o’zoq yillardan bo’yon Respublikamiz miqiyosida o’tkazilib kelinayotgan fan Olimpiadalarida muntazam qatnashib, mutaxassislik fanlari bo’yicha faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Fan Olimpiadasida faxrli o’rinni egallagan talabalar va ularning rahbarlari ham institut xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlanib kelinmoqda. Jumladan, bu yilgi g’olib talabalarning rahbarlaridan B.Ya.Primov, R.T.Shodiyev, D.Kiselyov, Sh.Azizqulova, D.Obloqulov, Z.Xolmurodova, R.Juraqulov, S.Karimovalarning xar biriga 100000 sumdan jami sakkiz yuz ming so’m pul mablag’i berildi.
Institutimizda uzoq yillardan bo’yon faoliyat ko’rsatib kelayotgan talabalar “Nika” dram teatri ishtirokchilarining xizmatlari ham kasaba uyushmasi nazaridan chetda qolgani yo’q. Ayniqsa, “Nika” talabalar teatrida faol qatnashgan Niyazova T.F (badiy raxbar), talabalarimizdan Ishniyazova Ye (4 kurs RGF), Galilulova F (RGF 4 kurs), Markova Yu( 4 kurs ingliz), Martinova Yu (4 kurs ingliz), Rasulova M (2 kurs RGF), Allaverdiyeva A (2 kurs tarjimonlik) lar ijodiy konkursdagi erishgan muvaffaqiyatlari uchun kasaba uyushmasi fondidan besh yuz ming so’mlik qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Institutimizda uzoq yillardan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan sog’ligini yo’qotgan kam ta’minlangan professor-o’qituvchilarimiz va xodimlarimizdan Karimov E, Niyazova T.F, I.Qobilovlarga kasaba uyushmasi fondidan jami uch yuz ming sum moddiy yordam berildi.
Institutimiz professor-o’qituvchilari va xodimlarining sog’liqlarini tiklashlari uchun Respublikamiz miqiyosida joylashgan sanatoriyalarga yo’llanmalar muntazam olib berilmoqda. “Obod turmush yili” Davlat dasturini bajarish bo’yicha institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchilarimizdan A.Kuchibayev (Oltinsoy), T.J.Boltayev (Oltinsoy), R.I.Ibragimov (Ibn-Sino), I.Ilyasov (Turon), M.Juliyeva (Chinobod) sanatoriyalarida sog’liqlarini tiklab qaytishdi.
“Obod turmush yili” Davlat dasturining 8(38) bandi ijrosi hamda institut bitiruvchi talabalarining bandligini ta’minlashga ko’maklashish bo’yicha “Bitiruvchi -2013” shou-tadbirini keng nishonlash va institut jamoat ishlarida faol qatnashgan “Eng namunali ustoz”, “Eng namunali murabbiy” va “Fidoyi ustoz” ko’rik tanlovida g’olib chiqqan professor-o’qituvchilardan Usmonov U.U, Rizayev B, Ismoilov S.I, Poshali Usmon, Niyozova T.F, Xayitov S.M, Maxmudova M.M, M.B.Xalikov larga kasaba uyushmasi fondidan jami besh yuz ming sumlik sovg’alar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan 2013 yil 4 sentyabr kuni Samarqand shaxri oliy o’quv yurtlari va ta’lim muassasalari o’rtasida bo’lib o’tgan “KASABA-TUR” velamarafon musabaqalarida institutimiz talaba va xodimlari mizdan Baxranov Nuriddin (2 kurs ingliz), Mirzoulug’ Yusupov (yong’in xavfsizlik bo’limi boshlig’i) qatnashib, 300 nafar ishtirokchilar o’rtasida faxriy ikkinchi o’rinni egallashdi va kasaba uyushmasi sovg’alariga muyassar bo’lishdi.
“1 oktyabr-Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan paxta yig’im terimida faol qatnashgan professor o’qituvchilarimizdan 10 nafariga kasaba uyushmasi fondidan besh yuz ming sumlik choy qaynatgich sovg’a sifatida berildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida 6 nafar nogiron professor-o’qituvchi va 5 nafar Afg’on urushi qatnashchisi faoliyat ko’rsatib kelmoqda, shuningdek 9 nafar chin yetim talaba va 16 nafar nogiron talabalar ta’lim olishmoqda. Ushbu xodimlarimiz va talabalarimizga institut kasaba uyushmasi qo’mitasi doimiy ravishda g’amxo’rlik qilib munosib taqdirlab kelmoqda. 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan nogiron professor-o’qituvchilarimizga va talabalarimizga kasaba uyushmasi tomonidan 500000 sumlik kundalik ixtiyoj mollari sovg’a qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2014 yilni “Sog’lom bola yili” deb elon qiliinishi munosabati bilan Samarqand shaxrida joylashgan 6-10 Mexribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar uchun “Qorbobo sovg’alari” va H.Olimjon teatriga bepul chiptalar tashkil qilindi. Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar kasaba uyushmasi qo’mitasi 2014 yil 1 yanvardan to 10 yanvargacha institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchi va xodimlarning farzandlari uchun Yangi yil tadbirini Samarqand viloyati H.Olimjon teatrida “Qorbobo va qorqiz” ishtirokida teatrlashgan saxna va tadbir tarzida o’tkazildi.
Institumizda 472 nafar ishchi–xodim va professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi.Ushbu xodimlarimizning quvonchli kunlari, tuy va marakalarida doimiy birga bo’lib ularning sog’liqlaridan xabordor bo’lib turamiz. Ayniqsa institut “Nuroniy”kengashi bilan hamkorlikda institutda ishlab ketgan keksa professor-o’qituvchilarimizning holidan xabar olamiz.
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand shaxar serjantlar tayyorlash oliy maktabi ofiserlari bilan Jomboy va Payariq tumanlarida milliy armiyamizning Mustaqillik davrida eishgan ulkan yutuqlarini targ’ibot qilishda qatnashdik.
Milliy armiyamizning tashkil bo’lganligining 22 yilligi munosabati bilan Samarqand shaxrida joylashgan Motamsora Ona haykali poyiga gulsavat qo’ydik va bayramga bag’ishlanib Samarqand shaxri Sa’nat saroyida bo’lib o’tgan tantanali majlisda qatnashdik.
Institut jamoat tashkilotlari va ARM xodimlari bilan hamkorlikda Urgut tumani Aramas qishlog’ida joylashgan institutimiz axborat resursi markaziga qarashli biblioteka filialining xozrgi davr talabiga javob berish holatini o’rgandik.
Institut ma’naviyat bo’limi bilan hamkorlikda fakultetlarda o’tkaziladigan ma’naviyat darslarida targ’ibot ishlarini olib bordik.
Institutda uzoq yillardan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan professor-o’qituvchilarimizga qishgi ta’til davrida sog’liklarini tiklashi uchun Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan “Ibn-Sino” sanatoriyasiga (ilmiy ishlari prorektori G’.Raximovga va ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi B.Turobovlarga) imtiyozli yullanmalar kasaba uyushmasi tomonidan berildi.
Institutda ta’lim oluvchi talabalar turar joyida yashavchi chin yetim va nogiron talabalar uchun kunlik kerakli xajotxona zaruriy ashyolari kasaba uyushma fondidan xarid qilinib tarqatildi.
Institut rektori professor Sh. S. Sirojiddinov tomonidan birinchi kurslar uchun o’tkazilgan “Ochiq muloqot” lar kunida qatnashdik.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 4 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi xududida yo’l-transport xodisalarining oldini olish hamda yo’l xarakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida”gi 825-F-sonli Farmoyishi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 7 dekabrdagi “Harakat xavfsizligi oyligini o’tkazish to’g’risidagi” 455-sonli buyrug’i va Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2013 yil 13 dekabrdagi 400-sonli ichki buyrug’i bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib barcha xodim va talabalar ongiga yetkazildi
Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasiga Samarqand viloyati kasaba uyushmasi tashkilotlari birlashmasi kengashiga qarashli mehnatni muxofaza qilish bo’limidan institutda mehnatni muxofaza qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib tavsiyalar berishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi institut ma’muriyati bilan hamkorlikda 5 fevral kuni soati 13.00 da institut faollar zalida O’zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusuf tavalludining 60 yillik yubileyi munosabati bilan shoirning ijodi va faoliyati bo’yicha adabiy kecha o’tkazildi. Tadbirda Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi ma’sul kotibi Orif Xoji, Muxammad Yusuf ijodi bo’yicha nomzodlik himoya qilgan olima Maxfuza Davronova va Poshali Usmonlar so’zga chiqib shoirning hayoti va ijodi haqida ma’ruza qilishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi 2014 yil 6 fevral kuni soati 14.00 da institut majlislar zalida jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda buyuk bobokolanimiz, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati bilan buyuk siymo tomonidan qoldirgan boy ma’naviy meros haqida badiiy kecha o’tkazildi va bu kunisi institutimiz jamoasi nomidan shoir haykali poyiga gulchambar qo’yildi.
Institut rektorining 2014 yil 1 fevraldagi №40 buyrug’iga asosan roman-german filologiyasi fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlarining ahvoli, shuningdek fakultet kasaba uyushmasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib ma’lumotnoma tayyorladik.
2014 yil 11 fevral kuni institut majlislar zalida barcha fakultet murabbiy va ustozlar kengashi yig’ilishida qatnashdik, yig’ilishda institut ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor X.D.Norqulov va fakultet dekanlari murabbiylarning burch va vazifalari haqida ma’ruza qilishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2014 yil 4 fevraldagi №56 buyrug’iga asosan talabalar turar joyida 10,11,12 fevral kunlari “Eng namunali qavat”, “Eng sarishtali xona” kurik tanlovi g’oliblarini aniqlash maqsadida professor-o’qituvchilardan iborat ishchi guruxi ishladi.
2014 yil 18 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti targ’ibot guruxi a’zolari A.Eshqobilov, A.Turobovlar bilan hamkorlikda Pastdarg’om tumani maxallarida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib bordik.
Institutimizda ishlaydigan professor-o’qituvchilar va xodimlarimizning farzandlari uchun bir marotaba beriladigan suyunchi puli va kasallik varaqalarini kerakli tartibdagi xujjatlar asosida xulosalar berildi.
2014 yil 21 fevral kuni soati 10.00 da roman-german filologiyasi fakulteti 1 auditoriyasida “Yoshlarni diniy ekstrimizm, aqidaparastlik va missionerlikning salbiy ta’siridan saqlash-dolzarb vazifa” mavzusidagi yig’ilishda qatnashdik. Yig’ilishda institut rektori professor Sh.Sirojiddinov, viloyat bosh imom xatibi N.Islomov va viloyat IIB mayori G.Rasulovalar xozirgi davr iqtisodiy, siyosiy va manaviy voqiyalar haqida ma’ruzalar qilishdi.
O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi stipendiatiga chin yetim, jamoatchi va a’lochi ingliz filologiyasi fakulteti 3 kurs talabasi Nargiza Dovurova nomzodi tavsiya etildi.
8 mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan institutimizda ishlab ketgan keksa professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan 19 nafariga kasaba uyushma fondidan qimmatbaxo sovg’alar va gullar taqdim etildi. Shuningdek institutimiz jamoat ishlarida faol qatnashuchi 12 nafar jamoatchi faol xotin-qizlarimizga bir piyola choy ustida sovg’alar va gullar taqdim etildi.
Institutda faoliyat ko’rsatuvchi kam ta’minlangan xodimlarimizga va institut jamoat ishlarida faol qatnashgan professor-o’qituvchilardan Aminova M, Kosimova Sh, Xamdamov A, Doniyorov G’, Fayziyev Sh, Rasulov G’, Shoimov S, Nazaryan A, Chernishov A, Mamasoliyev I larga kasaba uyushma fondidan bir million sum moddiy yordam berildi.
2014 yil 15 mart kuni institutimiz majlislar zalida o’zbek milliy akademik teatri aktiyorlari O’zbekiston xalq artistlari Ya.Axmedov, Yo.Sadiyev O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sh.Ismoilova va yosh yulduz aktyorlar D.Kubayeva va A.Rajabovlar bilan badiiy va ijodiy uchrashuvlar bo’ldi, hamda ularga gullar tashkil qilindi.
Camarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi ham “Navruz” Umumxalq bayrami tadbirlarida faol qatnashib, fakultetlararo “Navruz” bayramiga bag’ishlanib o’tgan sport musabaqalari qatnashchilariga besh yuz ming sumlik sovg’a olib berildi va g’oliblar munosib taqdirlandilar.
2014 yil 20 mart kuni O’zbek Milliy akademik teatrining 100 yilligiga bag’ishlangan tadbir institut majlislar zalida o’tkazilib, uchrashuvda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlardan Hojiakbar Kamilov, Mexriddin Raxmatov va aktyor Rixsitilla Axmedovlar qatnashdilar hamda o’zlarining ijodlaridan ma’lumotlar berishdi.Uchrashuv aktiyorlariga institut kasaba uyushmasi tomonidan gullar taqdim etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar kasaba uyushmasi amalga oshirgan ishlarini institut Ilmiy kengashi eshitib

SamDChTI xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi kumitasi raisi: I.Salomov
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 88
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Xodimlar kasaba uyushmasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1