2015 yilda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida

2015 yilda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida

Сообщение azamat » 04 дек 2015, 18:17

O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi Federasiyasi Kengashi tomonidan belgilab berilgan 9 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha hamda institut ma’muriyati bilan xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi o’rtasida 2015-2017 yillarga mo’ljallab tuzilgan jamoa shartnomalari va kelishuvlari asosida institutda faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar va tahsil olayotgan talabalarga yaratilayotgan mehnat qilish va o’qish sharoitlari, dam olish, sport-sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan himoyalash, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy dam olishlarini tashkil etish, mustaqilligimiz yillarida bunyod etilgan diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlar tashkil etish ishlarini amalga oshirishda bajarilgan ishlari diqqatga moliqdir.
Institut kasaba uyushmasi faoliyati keng qamrovli bo’lib, u institut professor-o’qituvchilar va xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy va xuquqiy manfaatlarini ximoyalash, institutda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligini ta’minlash xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish singari bir qator eng muhim vazifalarni amalga oshiradi.
Professor-o’qituvchi, xodim va talabalarimizni ijtimoiy ximoyalash doimiy ravishda diqqat e’tiborimizda bo’lib turmoqda. Jumladan 60, 70 va 80 yoshga to’lgan ustozlarning yubileylari munosabati bilan ularga kasaba uyushma fondidan munosib esdalik sovg’alari berildi.
Institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchi va xodimlarning farzandlari uchun Yangi yil tadbirini Samarqand viloyati Qug’irchoq teatrida “Qorbobo va qorqiz” ishtirokidagi teatrlashgan saxna ko’rinishi tarzida o’tkazildi.
Milliy armiyamizning tashkil bo’lganligining 23 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyatida joylashgan Tank xarbiy qismida Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan O’zbekistonda xizmat qilgan artist Erkin Qaytarov, viloyat yozuvchilar uyushmasi ma’sul kotibi Orif Xoji viloyat Kamolat yoshlar ijtimoiy harakati ma’sul xodimi Joxrux Juraqulov va institutimiz dosentlari S.Jabborov, R.Jurakulovlar ishtirokida ma’naviy va ma’rifiy tadbir o’tkazdik.
Institutda uzoq yillardan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan informatika kafedrasi professori Maxmud Lutfullayevga sog’ligini tiklashi uchun “Buston” sanatoriyasiga imtiyozli yo’llanma berildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti kasaba uyushmasi va talabalar sport klubi bilan hamkorlikda 2015 yil 12 yanvarda Vatan himoyachilari kuni bayramga bag’ishlab fakultetlararo sportning to’rt turi bo’yicha musabaqalar o’tkazilib, mutloq g’olib talabalarimizdan 12 nafari kasaba uyushmasi tomonidan besh yuz ming sumlik sovg’alar bilan munosib taqdirlandi.
2015 yil 13 yanvar kuni 9.00 da “14 yanvar –Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan institut jamoamiz nomidan Motamsora Ona haykali poyigagulchanbar qo’ydik. Shuningdek milliy armiyamizning tashkil bo’lganligining 23 yilligi munosabati bilan 13 yanvar soati 13.00 da institut majlislar zalida Samarqand shaxar avtomabillar xarbiy bilim yurti ofeserlari va kursantlari ishtirokida ma’naviy tadbir o’tkazildi vainstitutimizda faoliyat ko’rsatuvchi Afg’on urushi qatnashchilari va xarbiylariga kasaba uyushmasi tomonidan besh yuz ming sumlik sovg’alar hamda gullar tqdim etildi.
Samarqand viloyati hokimligining topshirig’iga binoan Pastdarg’om tumani Anhor mahalla fuqoralar yig’iniga qarashli O’torchi mahallasida 20 yanvardan to 1 fevralgacha targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordik.
Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi olib borgan ishlarini ma’lumot tariqasida o’zbek va rus tillarida tayyorlab institut veb saytiga tashladik.
2015 yil 3 fevral kuni SamDChTI xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi haqidagi to’liq ma’lumotni viloyat ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasiga taqdim etildi.
2015 yil 9 fevral kuni o’zbek tilining asoschisi, mutaffakiri va buyuk shoiri A.Navoiy poyiga gulchambar qo’yib, institut majlislar zalida A.Navoiyining tavollud kuniga bag’ishlab ma’naviy tadbirlar o’tkazildi.
2015 yil 11 fevral kuni soati 15.00 da institut Ilmiy kengash xonasida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasining 2010-2015 yillar davomida professor-o’qituvchi, xodim va talabalarni ishtimoiy, xuquqiy, iqtisodiy va ma’naviy ximoyalashda olib borgan ishlari to’g’risida hisobat- saylovi bo’lib o’tdi.
2015 yil 12 fevral kuni Samarqand shaxar sa’nat saroyida shoira Zulfiya tavallud topganligining 100 yilligi munosabati bilan badiiy kecha bo’ldi. Kechada O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Muminova, Zarafshon gazetasi muxbiri F.Toshev, viloyat yozuvchilar uyushmasi ma’sul kotibi Orif Xoji va boshqalar qatnashdi. Tadbirda qatnashgan mexmonlarga institut jamoasi nomidan gullar sovg’a qilindi.
2015 yil 18 fevral kuni institut majlislar zalida Samarqand viloyati “Adolat” sosial-demokratik partiyasi a’zolari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Majitovich Umarov bilan saylov oldi tashviqoti bo’lib o’tdi.
2015 yil 19 fevral kuni institut rektori G’.H.Raximov boshchiligida roman-german filologiyasi fakulteti professor-o’qituvchilari bilan fakultetdagi ma’naviy-ma’rifiy va o’quv ishlarning holati xaqida yig’ilish o’tkazdi.
2015 yil 23 fevral kuni soati 11.00 da institut majlislar zalida institut professor-o’qituvchi va xodimlarimiz bilan Samarqand viloyati hokimi Z.T. Mirzayev, viloyat prokurori B.Dehqonov va IIB boshlig’i F.Quvondiqov ishtirokida diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.
2015 yil 27 fevral kuni SamDU sport zalida Samarqand viloyati kasaba uyushmasi birlashgan tashkilotlari tashabbusi bilan Samarqand viloyati tumanlari xotin-qizlari o’rtasida sportning valeybol turi bo’yicha musabaqasi bo’lib o’tdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti jamoat ishlarida va kasaba uyushma qo’mitasi tadbirlarida faol qatnashgan Sh.Jumanov (ma’naviyat bo’limi boshlig’i), R.Rustamov (ATM xodimi), Q.Egamnazarov (RGF fakulteti dekan o’rinbosari), A.Turabov (umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri), Yu.A’zzamov (tarjimonlik fakulteti dekan o’rinbosari)lar kasaba uyushmasi qo’mitasi fondidan bir million sum miqdorida moddiy rag’batlantirildi.
2015 yil 4 mart kuni soati 10.00 da institut majlislar zalida institut “Kamolat” yoshlar ishtimoiy harakatining hisobat saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan institutimiz jamoat ishlarida faol qatnashgan 20 nafar xotin-qiz professor-o’qituvchi va xodimlarimiz kasaba uyushmasi fondidan 1000000 (bir million)sum miqdorida sovg’alar va gullar bilan taqdirlandi.
Umumxalq bayrami “Navruz” munosabati bilan institutimizda ta’lim oluvchi tarjimonlik fakulteti 2 kurs chin yetim talabalaridan Marziya Arziqulova va Munojat Azzamovalarga shartnoma pulini tulash uchun kasaba uyushma fondidan qo’shimcha turt yuz ming sum miqdorida moddiy yordam berildi.
14-15 mart kunlari institutimiz va shaxrimiz xududida bo’lib o’tagan Umumxalq xasharida institutimiz professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari faol qatnashishdi. “Keksalarni e’zozlash” yili munosabati bilan institutimiz tarjimonlik fakulteti xududida Keksalar bog’i yaratildi.
2015 yil 19 mart kuni Samarqand shaxrida bo’lib o’tgan umumxalq bayrami “Navruz”ni institutimiz jamoasi va talabalari bilan hamkorlikda o’tkazildi va sportning 5 turi bo’yicha musobaqalari tashkil qilindi, shuningdek Respublika Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida g’olib bo’lgan Farxod Umarov (shaxmot) va Iroda Numonjonova (karate) larga kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alarga bir million ikki yuz ming so’m mablag’ ajratildi.
2015 yil 29 mart kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezident saylovida institutimiz talbalar turar joyida yashovchi 320 nafardan ortiq talabalar demokratik saylovdan o’tishdi.
2015 yil 3 aprel kuni soati 10.00 da Samarqand shaxar Yoshlar markazida “Oilada yoshlarni tarbiyalashda keksalarning o’rni”.mavzusida anjuman bo’ldi.Anjumanda Samarqand shaxar Nuroniylar kengashidan Yakubjon Yusupov, Ruxobad machiti imom xatibi Tulqin Amirov va tarjimon ona Dina Sultonovalar ma’ruzalar qilishdi va tadbirda 700 dan ortiq talaba qatnashdi, hamda badiiy qism bilan tugadi.
Camarqand davlat chet tillar instituti xodimlar kasaba uyushmasi qo’mitasi institutda faoliyat ko’rsatuvchi kam ta’minlangan professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan monitoring bo’limi boshlig’i Ch.Zubaydova, 9 qavat farroshi Sh.Vohidova, bino darvoza qorovuli R.Shukurov, ingliz tili leksikasi va stilistikasi kafedrasi o’qituvchisi F.Axmedova, shafyor X.Xusenov, o’quv-uslubiy bo’lim dispetcheri N.Karimova ,va informatika kafedrasi o’qituvchisi U.Hakimovalarning har biriga kasaba uyushmasi fondidan yuz mingdan jami yetti yuz ming moddiy yordam berildi.
Institutda o’zoq yillardan bo’yon faoliyat ko’rsatib kelayotgan ijtimoiy fanlar kafedrasi dosentlari M.Bozorov va B.Raxmatovning 60 yoshga tulishi munosabati bilan kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
2015 yil 10 aprel kuni institutimiz Ilmiy kengashida Respublika Oliy o’quv yurtlari o’rtasida o’tkazilgan sport musobaqalari turlarida erishgan yutuqlari uchun sportchi-talabalarimizdan .Tugalov Orzimurod- ingliz filologisi fakulteti 4 kurstalabasi, yengil atletika turi bo’yicha Respublika g’olibi, Shaydullayeva Sitora- ingliz filologiyasi fakulteti 2 kurs talabasi, karate bo’yicha Respublika g’olibi, Sport Malikasi unvoni sovrindori, Gapparova Zulfiya-tarjimonlik fakulteti xitoy yunalishi 2 kurs talabasi, shaxmat bo’yicha Respublika oliygohlar g’olibasi, Juraqulov Murod-ingliz filologiyasi fakulteti 1 kurs talabasi, fudbol bo’yicha viloyat terma jamoasi a’zolariga institut kasaba uyushmasi tomonidan besh yuz ming sumlik qimmatbaho sovg’a, faxriy yorliq va gullar bilan taqdirlandi.
2015 yil 17 aprel kuni institut majlislar zalida institutimizda ishlovchi va ishlab ketgan nafaqaxur professor-o’qituvchi va xodimlarimiz ishtirokida “Keksalarni e’zozdash yili”Davlat dasturini amalga oshirishi munosabati bilan badiiy kecha o’tkazildi va institutda ishlab ketgan mexmon nuroniy ayollarga gullar sovg’a qilindi.
26 aprel kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashida ”-Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan amaliy anjuman bo’lib o’tdi, Anjumanda
28 aprel ”-Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan institutimizda yangi ishga kirgan o’qituvchi va xodimlarga qayta ta’mirlangan mehnatni muhofaza qilish xonasini, va unda xodimlarimiz uchun tashkil qilingan mehnat muhofazasiga oid yangi zamonoviy stendlar, texnika va texnologiyalar, maxsus kiyim-kechaklar bilan batafsil tanishtirildi.
2015 yil 29 aprel kuni Samarqand viloyati mehnat muxofazasi va ijtimoiy himoyalash bo’limi boshlig’i L.Qarshiyev institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchi va xodimlarimizning mehnati muhofazasi, ularga xavfsiz qulay va munosib mnhnat sharoitlari yaratilganligi bilan batafsil tanishdi. Shuningdek, mehnat muhofazasi madaniyatini rivojlantirish, xodimlarga normal mehnat sharoitlari yaratilganligi va kasb kasallikning oldini olish borasida jamoa shartnomasiga rioya qilinganligi takidlandi.
2015 yil 1 may kuni Respublikamiz miqiyosida “Favvoralar”kuni deb e’lon qilingan. Shuningdek xozirgi ko’nda Samarqand shahrida 20 ta, viloyat bo’yicha esa 47 ta bir-birini takrorlamaydigan betakror va maftunkor favvoralar ishlab turibdi. Institutimiz xamoasi Samarqand shaxar Temir yo’llar vokzalida joylashgan favvorada o’zining ma’naviy tadbirini o’tkazishdi.
2015 yil 1-2 may kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida “Zamonoviy tilshunoslik va lingvodidaktikaning kommunikativ aspektlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi .
2015 yil 5 may kuni “9 may-Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi 33 nafar nafaqaxur professor-o’qituvchi va institutimizda ishlab ketgan 43 nafar nafaqaxur xodimlarimiz ro’yxati shakillantirildi. 2015 yil 8 may kuni “Xotira va qadrlash” bayrami munosabati bilan institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi 33 nafar nafaqaxur professor-o’qituvchi va institutimizda ishlab ketgan 43 nafar nafaqaxur xodimlarimizga institut oshxonasida bir piyola choy ustida badiiy qism va qimmatbaho estalik sovg’alari berildi. 9 may kuni motamsora Ona haykali poyiga institutimiz jamoasi nomidan gulchanbar taqdim etildi. Institutimizda faoliyat ko’rsatuvchi kam ta’minlangan yosh xodimlarimizdan TTJ farroshi M.Murodova, ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Sh.Suvonov va ma’naviyat bo’limi uslubchisi I.Mamasoliyevlarga oilaviy sharoitining og’irligini inobatga olib kasaba uyushmasi fondidan har biriga yuz ming sumdan moddiy yordam berildi.
2015 yil 12-13 may kunlari institut rektorining 2015 yil 20 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi yoshlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi buyrug’i asosida institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor H.Norqulov va ma’naviyat bo’limi boshlig’i Sh.Jumonovlar bilan hamkorlikda ingliz tili va roman-german tillari fakulteti talabalarining keyinish madaniyati bo’yicha monitoring ishlari olib borildi.
2015 yil 22 maydan to 2 iyungacha institut professor-o’qituvchi va xodimlar o’rtasida sportning 6 turi bo’yicha sport musabaqalari bo’lib o’tdi.
2015 yil 25 may kuni Samarqand shaxar Amfiteatrida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida yoshlar festivali bo’lib o’tdi va institutimizdan 400 nafar talaba-yoshlar qatnashishdi.
2015 yil 29-30 may kuni institutimizda Xitoy Konfusiya universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.
2015 yil 1 iyun “Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan institut maxlislar zalida ingliz tili fakulteti tashabbusi ostida ma’naviy va ma’rifiy tadbir bo’ldi va Samarqand shaxar 9-son bolalar uyi tarbiyalanuvchilarga bir piyola choy va sovg’alar ulashildi.
2015 yil 3 iyun kuni institut bosh binosi komendanti G’ulom Doniyorovning 60 yillik yubileyi bo’lib o’tdi va institut kasaba uyushmasi tomonidan sovg’a tashkil etildi..
2015 yil 5 iyun kuni SamDU sport zalida “Kareys madaniyati kunlar” bo’lib o’tdi, tadbirda Kareya Respublikasi elchixonasidan mexmonlar qatnashdi va tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti kareys yo’nalishi talabalari badiiy chiqish qilishdi.
2015 yil 12 iyun ingliz tili fakulteti ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi dosenti O’rol Usmonovning 70 yoshlik yubileyini o’tkazdik va kasaba uyumasi fondidan qimmatbaho sovg’alar tashkil qilindi.
Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german tillari fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasi dosenti Abdumurot Kuchiboyevga Toshkent shaxrida joylashgan Buston sanatoriyasiga imtiyozli sanatoriya yullanmasi institut kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchi va xodimlarimiz o’rtasida o’tkazilgan XX spartakiada yakuni g’oliblarini institut kasaba uyushmasi fondidan bir million sumlik qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlab, sport musabaqasi ishtirokchilariga bir piyola choy tashkil qilindi.
Samarqand viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari topshirig’iga binoan institutda “Yilning eng yosh pedagogi” kurik tanlovi o’tkazildi va tanlovning g’olibi ingliz tili fakulteti ingliz tili fonetikasi kafedrasi o’qituvchisi Abror Raximov g’olib bo’lib viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’asiga sovg’asi bilan taqdirlandi.
Ingliz tili fakulteti kotibasi Charros Annaqulovga sog’ligini tiklashi uchun Namangan viloyatida joylashgan “Chartoq” sanatoriyasiga imtiyozli yullanma institut kasaba uyushmasi tomonidan 2015 yil 6 iyuldan berildi.
2015 yil 10 iyul kuni Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi ijtimoiy ximoyalash bo’limi boshlig’i Oybek Ismoilov kelib Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlari va talabalarining ijtimoiy, xuquqiy va yashash sharoitlari bilan mukammal tanishib ijobiy baho beridi.
Samarqand viloyati birlashgan kasaba uyushma tashkilotining va O’zbekiston Respublikasi ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi quriltoyida 2015 yi avgust oyida institut kasaba uyushmasi nomidan delegat bo’lib qatnashdim.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2 kurs talabasi Mamadaliyev Shoxruxga 720000 sum shartnoma pulini tulashga moddiy yordam berildi.
2015 yil 2 sentyabr kuni institut majlislar zalida O’zbekiston yozuvchilar uyumasi o’rinbosari, O’zbekiston adabiyoti va sa’nati gazetasi bosh muxarriri, O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Saidov, Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi ma’sul kotibi Orif Xoji va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ziyodullo Nurmatovlar bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi va kasaba uyushmasi tomonidan gullar taqdim etildi.
2015 yil 4 sentyabr kuni institut majlislar zalida tarjimonlik fakulteti birinchi kurs talabalari bilan institut o’quv ishlari prorektori F.Sh.Ruziqulov, institut kasaba uyushmasi raisi I.Salomov va fakultet ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan urinbosari Yu.A’zamovlar ishtirokida Mustaqillik darslari bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan institut ma’naviy, ma’rifiy, sport ishlarida faol qatnashgan va Sharq taronalarida tarjimonlik qilgan 20 nafar professor-o’qituvchm va xodimlarimizga kasaba uyushmasi tomonidan bir million sumlik qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Shuningdek institutda faoliyat ko’rsatuvchi professor-o’qituvchi va xodimlarimizning 15 nafariga o’quv qurollari taqdim etildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti kadrlar bo’limi boshlig’i Z.Musinovaga Kislovodsk sanatoriyasiga, 9 qavat santexnigi A.Xamdamovga Ibn-Sino sanatoriyasiga va nashiriyot bo’limi boshlig’i S.Xayitovga Botanika sanatoriyalariga sog’liklarini tiklashi uchun imtiyozli yullanmalar kasaba uyushmasi tomonidan ajratildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti talabalaridan 1220 nafari Oqdaryo tumanida paxta yig’im-terimda qatnashib 2200 tonnadan ortiq oq oltinni Davlatimiz xirmoniga terib berishdi.
2015 yil 1oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni ” munosabati bilan institutimizda uzoq yillardan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan professor-o’qituvchilarimizdan 36 nafariga kasaba uyushmasi fondidan bir million sumlik qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
2015 yil 21 oktyabr kuni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan institutimiz jamoasi tomonidan Samarqand shaxarida joylashgan A.Navoiy haykali poyiga gulchanbar qo’ydik va institutimiz nomidan tarjimon tilshunos olim Poshali Usmon o’zbek tilining mohiyati xaqida ma’ruza qildi.
2015 yil 27 oktyabr kuni institut majlislar zalida Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasining Xalqaro Mexnatni Muxofaza qilish tashkiloti bilan semenar qildi, semenarda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlagmasi kengashi raisi Maxmud Xamidovich Boboyorov va Xalqaro Mexnatni Muxofaza qilish eksperti Yaniv Aleksandr Ildarovich mexnatni muxofaza qilish bo’yicha ma’ruza qildi. Semenarda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, sog’liqni saqlash boshqarmasi va kasaba uyushma qo’mitasi raislar qatnashishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dosenti Salim Jabborovga sog’ligini tiklashi uchun “Turon” sanatoriyasiga imtiyozli yullanma oktyabr oyining oxiriga berildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti xisobchisi Joxongir Turapovga og’ir jaroxat bilan Xavasi kasalxonasiga tushganligi uchun uch minimal maosh miqdorida moddiy yordam berildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida “Keksalarni e’zozlash” yili munosabati bilan 2015 yil 2 noyabr kuni Samarqand viloyatida mashxur jurnalist O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, El-yurt xizmati sohibi Oblaqul Usmonqulov va Al-Motrudiy sayohatgohi direktori Maxmudxon Muxtorov bilan ijodiy uchrashuv bo’ldi va uchrashuvda institut faxriy keksalarimizdan F.Tog’ayev, Pashali Usmon, A.Kuchibayev va S.Jabborovlar qatnashdilar ularga institut kasaba uyushmasi tomonidan gullar taqdim etildi.
2015 yil 10 noyabr kuni institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi L.Usarova, roman-german tillari fakulteti dekan o’rinbosari U.Sattorov bilan hamkorlikda roman-german tillari fakulteti talabalarining keyinish va darsga qatnashish madaniyati bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
2015 yil 10 noyabr kuni soati 14.30 da institut majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi “Yoshlik”jurnali bosh muxarriri Nodir Jonizoq, ma’sul kotibi E’lyor Murod va Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi ma’sul kotibi Orif Xojilar ishtirokida jonli badiiy adabiy usrashuv o’ztkazildi.
2015 yil 11 noyabr kuni institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi L.Usarova, ingliz tili fakulteti dekan o’rinbosari Q.Hakimov bilan hamkorlikda ingliz tili fakulteti talabalarining keyinish madaniyati bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
2015 yil 11 noyabr kuni Samarqand shaxar hokimligi majlislar zalida Samarqand viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining 9 oy yakuni bo’yicha selektori bo’lib o’tdi. Selektorni viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Boboyorov Maxmud Xamidovich olib bordi.
O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining Samarqand viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi Iftixor Samadovich Raximovga Samarqand davlat chet tillar instituti kasaba uyushmasi raisligi zaxirasiga institut xodimlaridan A.K.Eshqobilov va A.M.Turapovning nomzodini obyektivkasi bilan 12 noyabr kuni topshirdim.
SamDChTI ga qarashli Kattaqurg’on tumanida joylashgan №2 akademik lisey o’qituvchilari bilan hamkorlikda manaviy va marifiy tadbir o’tkazdik. Tadbirda institut akademik lisey va kollejlar bo’yicha prorektor B.Ya.Primov va Kattaqurg’on lisey o’qituvchilari qatnashishdi.
2015 yil 14 noyabr kuni soati 9.00 da institut majlislar zalida institutimiz talabalari bilan Yaponiyadan kelgan mehmonlar o’rtasida badiiy uchrashuv o’tkazildi.
2015 yil 19 noyabr kuni roman-germat tillari fakulteti fransuz tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi Shafoat Zairovna Fozilovaning 70 yillik yubileyi bo’lib o’tdi Ustozga institut kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alar tashkil qilindi.
Institut sharq tillari kafedrasi dosenti A.Yuldashevni kasalxonada yotganligi uchun xolidan xabar oldik. Samarqand davlat chet tillar instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti Saloxiddin Doliyevning 60 yillik yubileyini institutimiz xodimlari bilan nishonlab kasaba uyushma tomonidan estalik sovg’alar taqdim etildi.
Camarqand viloyati xokimligining 2015 yil “Ustoz va murabbiylar” kuni va viloyat qishloq xujaligi xosili yakunlari bo’yicha o’tkazilgan ma’naviy tadbirda ishtirok etdik.
Samarqand davlat chet tillar institutida 2015 yil 25 noyabr kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli yong’in xavfsizligi bo’limi jodimlari bilan tezkor qo’shma yig’ilish o’tkazildi va IIB YoX bo’limi xodimlari eng zamonoviy yong’in xavfsizligi qo’rollarini nomoyish etdi. Tadbirda IIB YoXB o’rinbosari podpolkovnik X.Mallayev va kapitan R.Ablaqulov ma’ruza qildi.
2015 yil 27 noyabr kuni soati 11.00 da institutimiz majlislar zalida Konfutsiya instituti faoliyatining bir yilligi munosabati bilan Xitoy xalq Respublikasidan kelgan delegasiya bilan hamkorlikda institutimiz talabalari o’rtasida ma’naviy tadbir o’tkazildi.
2015 yil 30 noyabr kuni soati 17.30 da institut talabalar turar joyini aylanib chiqib TTJ da 331 nafar talabalar, institut mexmonxonasida 8 nafar magistr va 4 nafar o’qituvchi turishini aniqladim. Xonalar yorug’ va shinamgina, yashovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyachi tashkil bo’lgan kun munosabati bilan institutimizda foal ishlovchi professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan bosh bino qarovuli Sh.Fayziyevga 100000, infarmatika kafedrasi dosenti D.Eshonqulovga 100000, ijtimoiy fanlar kafedrasi professori R.Shodiyevga 200000, arab tili va nazariyasi kafedrasi dosenti A.Yuldashovga 100000, ingliz tili fakulteti 2 talabasi M.Ruziyevaga 200000, tarjimonlik fakulteti 2 kurs talabasi D.Abdullayevaga 200000 va fransuz tili kafedrasi o’qituvchisi S.Xushvaqtovlarga 100000 sum oilaviy sharoitining og’irligini inobatga olib jami 1000000(bir million)sum miqdorida moddiy yordam.kasaba uyushmasi tomonidan berildi.
2015 yil 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan institutimizda faoliyat kursatuvchi nogiron professor-o’qituvchi va xodimlarimizdan Rajabova N ARM xodimi, Kozirova Yu ARM xodimi, Muxtorova Sh Til markazi xodimi, Xamdamov A santexnik, Qodirova G k/o’qituvchi, Abdullayeva D o’qituvchi, Shoimov A o’qituvchilarga institut kasaba uyushmasi tomonidan 700000 (yetti yuz ming)sumlik qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
2015 yil 3 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi tashkil bo’lgan kun munosabati bo’yicha ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti S.Doliyev bilan Urgut tumani xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 60 maktabda “Baxtimiz qomusi” mavzusida davra so’hbati o’tkazib keldik.

SamDChTI xodimlar va talabalar
kasaba uyushmasi raisi
I.Salomov
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 96
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Xodimlar kasaba uyushmasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron