Ma’naviyatga tahdid – kelajakka tahdid

Ma’naviyatga tahdid – kelajakka tahdid

Сообщение azamat » 26 фев 2014, 12:57

2014 yilning 21 fevral kuni institutning roman-german filologiyasi fakultetida O’zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand bo’limi va Samarqand shahar IIB bilan hamkorlikda “Ma’naviyatga tahdid – kelajakka tahdid” shiori ostida ma’naviy tadbir o’tkazildi.

Tadbirni institut rektori Sh.Sirojiddinov olib bordi.

Tadbirda O’zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati bo’yicha vakili N.Islomov, shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari milisiya mayori G.Rasulova, kapitan Z.Usmonov, fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvning bosh mavzusi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekistonda 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori yuzasidan oliy ta’lim muassasasi talaba yoshlarining o’z tengqurlari orasida targ’ibot ishlarini amalga oshirish vazifalariga bag’ishlandi.

Shuningdek, oxirgi yillarda internet ijtimoiy tarmoqlari orqali g’arazli maqsadlarni ko’zlab yuborilayotgan “xabar”lar oqimidan ehtiyot bo’lish, ularning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, yoshlar o’rtasida zararli axborotga nisbatan immunitetni shakllantirish masalalari haqida atroflicha fikr yuritildi.

So’zga chiqqan N.Islomov, G.Rasulovalar hozirgi vaqtda jamiyatimiz uchun xavf tug’dirayotgan diniy ekstremizm va fundamentalizmning ildizlari, dunyoviy jamiyat qurayotgan davlatda dinning o’rni va vazifasi, diniy niqob ostida g’arazli maqsadlarini, hukmronlikka intilish pozisiyasini ilgari surayotganligi, har qanday jinoyatlardan tap-tortmayotgan aqidaparast va ekstremistlarning haqiqiy qiyofalari haqida, giyohvandlik va narkomaniyaning kelib chiqishi, uning butun dunyoga, shu jumladan, mustaqil O’zbekistonga solayotgan xavf-xatari, yurtimizda giyohvandlikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, hamkorlik tashkilotlar bilan aloqalar yo’lga qo’yilganini hamda bu ishlar yaxshi samara berayotganligini, har qanday jinoyat jazosiz qolmasligini ta’kidlab o’tishdi. Yig’ilish so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javob oldilar.
Tadbirdan lavhalar:
Изображение

Изображение
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 88
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Institut yangiliklari

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron