Samarqandda Konfusiy instituti

Samarqandda Konfusiy instituti

Сообщение azamat » 01 дек 2014, 17:00

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2013 yil 18 sentyabrdagi “Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning O’zbekiston Respublikasiga qilgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish to’g’risidagi” Farmoniga asosan Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida Konfusiy instituti ochildi.

Mustaqil yurtimizning eng nufuzli va navqiron oliy o’quv yurtlaridan bo’lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan bo’lib endi yigirma yoshini qarshiladi. Hozirda institut oliy va o’rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlash borasida halqaro miqyosda e’tirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat g’ururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, o’z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib faoliyat ko’rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar ma’naviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar o’zlashtirmoqdalar.

Salohiyatli mutaxassis kadrlar - O’zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi.

Institutning yuksak xalqaro nufuzi zamirida amalga oshirilayotgan ta’lim sifati yuksakligi bilan bir qatorda ko’plab xorijiy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy va madaniy soxalar borasidagi samarali xamkorlik yotadi. Yurtimizda ta’lim soxasiga berilayotgan e’tibor, jumladan, SamDCHTI xitoy tili ta’lim yo’nalishining yutuqlari e’tirofi oqibatida Xitoyning ta’lim soxasida xalqaro aloqalar bilan shug’ullanuvchi Xan Ban tashkiloti Samarqandda Konfusiy institutini ochish taklifi bilan O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat etgan. Vazirlik Yurtboshimizning Farmoniga asosan Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida Xitoy Xalq Resublikasining Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlikda Konfusiy institutini ochilishi to’g’risida qaror chiqardi.

2014 yilning 26-27 noyabr kunlari Shanxay xorijiy tillar universiteti rahbarlari boshchiligida bir guruh delegasiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. Delegasiya tashrifi davomida SamDCHTI til va madaniyat markazlari, ta’lim tizimi, o’quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi va professor-o’qituvchilar hamda talabalar bilan suhbatlashishdi.

Rektor bilan uchrashuv chog’ida tomonlar xitoy tili va madaniyatini o’rganish sohasini takomillashtirish, kelajakda Shanxay universiteti bilan ta’lim va ilmiy soxalarida hamkorlik qilish, qo’shma simpoziumlar, konferensiyalar tashkil etish, talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish, xitoy tili va adabiyoti bo’yicha o’quv adabiyotlari ta’minoti kabi masalalar bo’yicha kelishib olindi, bitimlar imzolandi.

2014 yilning 27 noyabr kuni Samarqand shahrida Samarqand davlat chet tillar instituti va Shanxay Xorijiy tillar universiteti hamkorlikda SamDCHTIda Konfusiy institutining ochilish marosimi o’tkazildi.

Konfusiy institutining huquqiy-me’yoriy xujjatlari, moddiy texnik bazasi tayyorlandi, xodimlar tarkibi shakllantirildi.Endlikda institutning muvaffaqiyatli faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Bugun xalqaro hamjamiyatda o’z munosib o’rniga ega bo’lgan, ulkan bunyodkorlik maskaniga aylangan Mustaqil yurtimizda iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarimizni yanada yuksaltirishga qodir bo’lgan, xorijiy tillar bilan bir qatorda o’zga xalqlar madaniyati va mentalitetini mukammal o’rgangan zamonaviy kadrlar tayyorlash dolzarb masala sanaladi. Bu mas’uliyatli va sharafli vazifani bajarishda endigina navqiron yigirma yilligini nishonlayotgan Samarqand davlat chet tillari instituti professor-o’qituvchilari jamoasiga har tomonlama shay va tayyordir.

Изображение

Изображение

Изображение

Изображение
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 89
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Institut yangiliklari

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron