Delegatsiya tashrifi davomida institut, institut markazlari, institutda ta’lim tizimi, o’quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi hamda talabalar bilan suhbatlashishdi. Institut faollar zalida Gunadarma Universiteti Xalqaro aloqalar va loyihalar koordinatori Dr. I Made Wiryana Indoneziya oily ta’lim tizimi, xorijiy professor-o’qituvchilar va talabalarga taklif etiladigan xalqaro grantlar va loyihalar haqida taqdimot qildi.
Gunadarma Universiteti rektori Prof. Dr. Eko Sri Margianti va Indoneziyaning boshqa oily o’quv yurtlari vakillari institut rektori G’. Raximov bilan uchrashishdi. Davra suhbati davomida O’zbekiston, jumladan Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim tizimi, xorijiy tillarni o’rgatishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Gunadarma Universiteti bilan kelajakda ta’lim, ilmiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish, talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish borasida kelishib olindi.
Shuningdek, institutda mavjud Indoneziya markazi kutubxonasini boyitish, hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish masalalari yuzasidan ham fikr almashindi.