Страница 1 из 1

Italiya fuqarosi Franka Selenia institutimiz talabasi

СообщениеДобавлено: 10 сен 2014, 11:27
azamat
Samarqand davlat chet tillar instituti ko`plab grant loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. Yevropa Ittifoqining “ERASMUS MUNDUS Action 2” dasturi “SILKROUTE Project” SILKROUTE – “SILK Road Universities towards Europe” loyihasi doirasida e’lon qilingan talaba almashinuv dasturida Italiya fuqarosi Franka Selenia (Franca Selenia) hamkor universitet hisoblangan Samarqand davlat chet tillar institutida 2014 yil 8 sentyabrdan 2015 yil 7 martgacha bo‘lgan muddatda ingliz, o‘zbek va rus tili kurslarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.