O’tkazilgan tadbirlarda Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov, fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri R.Shodiyev, kafedra o’qituvchisi T.Halimov, “Kamolot” YoIH institut BT yetakchisi A.Jo’raqulov, institut huqushunosi M.Asliyev, Salomatlik markazi rahbari Yu.Sattorova hamda kollej direktorlari X.Xamrayev va B.Asrorovlar so’zga chiqishib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori mustaqillik yillarida olib borilgan yoshlarga, xususan ularning jamiyatda o’z o’rnini topishi borasidagi islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi sifatida bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berganligini, yoshlarga millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqyei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar g’amxo’rlik qilishni ta’kidlashib, ko’pchilik yoshlarimiz o’z haq-huquqlarini yaxshi bilmasligi, bu qaror esa yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoyalanishni, ularning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni va yoshlar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari doirasida o’z manfaatlarini amalga oshirish yo’llarini erkin tanlab olishlarini kafolatlashni aytib o’tishdi.
Tadbirlarda 350 nafar oqdaryolik o’quvchi-yoshlar ishtirok etishib, ular bilan qizg’in savol-javoblar tashkil etildi. O’z navbatida mutaxassislar ularning savollariga batafsil javoblar qaytarishdi.
Tadbirdan lavhalar:



