Eng namunalilar taqdirlanishdi

Eng namunalilar taqdirlanishdi

Сообщение azamat » 21 апр 2014, 10:56

2014 yilning 16 aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida yashovchilar o’rtasida o’tkazilgan “Eng namunali qavat” va “Eng sarishtali xona” tanlovi g’oliblarini taqdirlash bayrami bo’lib o’tdi.

Bu jarayon biroz avval, ya’ni joriy yilning 10-14 fevral kunlari boshlanib, bunda talabalar turar joyida yashovchi talabalar “Eng sarishtali xona” va “Eng namunali qavat” nominasiyalari bo’yicha bellashdilar. Tanlovda talabalar turar joyidagi xonalarning sanitar-gigiyenik holati, mebellar, gilamlar, krovatlar, yopinchiqlarning toza va ozoda saqlanganlik darajasi hamda u yerda yashovchi talabalarning TTJ nizomi va uning ichki tartib qoidalariga to’liq rioya etishlari, qavatlarning toza va ozoda saqlanganligi, sanitariya-gigiyena va yong’in xavfsizligi talabalariga to’liq javob berishi, oshxonalarning toza tutilishi, ma’naviyat xonalari, dam olish xonalari va dars xonalarining toza va ozoda saqlanganligi, maishiy chiqindilarning o’z vaqtida olib chiqib ketilishi va idishlarning tartibli saqlanishi kabi holatlar inobatga olindi hamda hakamlar Hay’ati tomonidan odilona baholanib, g’oliblar aniqlandi.

Taqdirlash bayramini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib berib, yig’ilganlarga tanlov yakunlanganligi va g’oliblar aniqlanganligini ma’lum qildi.

Shundan so’ng bayramona kayfiyatda g’olib bo’lgan qavat va xona sohibu- sohibalari birin-ketin sahnaga chorlandi hamda faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Tadbir talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturiga ulanib, yig’ilganlar e’tiboriga kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari hamda qiziqarli o’yinlar namoyish etildi.
Tadbirdan lavhalar:
Изображение

Изображение

Изображение

Изображение

Изображение
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 88
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Institut yangiliklari

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron