Xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik

SamDCHTIning Samarqand viloyatidagi 25 ta kasb hunar kolleji va 4 ta akademik litseylar bilan hamkorlik aloqalari haqidagi forum

Xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik

Сообщение primov » 25 янв 2017, 17:15

Amerilkalik ingliz tili mutaxassisi Elise Brittain 2016-2017 o‘quv yilidan boshlab SamDCHTIda faoliyat ko‘rsatmoqda. U institut talabalariga ingliz tilidan saboq berish bilan birga o‘qituvchilar uchun ham zamonaviy, innovatsion mavzularni qamrab olgan uslubiy seminarlar tashkil etib kelmoqda.
2017 yil 25-yanvar kuni institutning ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasi mudiri N. Amritdinova, kafedra o‘qituvchilari A. Amonov, M. Baxriddinovalar Elise Brittain bilan birgalikda institut qoshidagi Kattaqo‘rg‘on 2-son akademik litseyiga tashrif buyurishdi. Litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Elise Brittain litseyning chet tillari o‘qituvchilari uchun “CEFR asosida dars o‘tishning asosiy talablari” mavzusida seminar-trening tashkil etdi. Kafedra o‘qituvchilari esa litsey talabalri uchun master klasslar o‘tkazishdi.
Ushbu tashkil etilgan seminar trening va master klasslar o‘quvchilar va o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi. Kelajakda kafedra bilan litsey o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Вложения
IMG_570403.jpg
IMG_570403.jpg (151.77 KiB) Просмотров: 68
IMG_570102.jpg
IMG_570102.jpg (132.14 KiB) Просмотров: 68
IMG_569701.jpg
IMG_569701.jpg (132.87 KiB) Просмотров: 68
primov
Любопытный
 
Сообщений: 23
Зарегистрирован: 05 сен 2014, 16:44
Имя: Bahodir
Фамилия: Primov
Статус: Учитель

Вернуться в Akademik litsey va kasb hunar kollejlari sohasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron