Страница 1 из 1

Tayloq Agrotadbirkorlik va Samarqand agrosanoat kollejlarida

СообщениеДобавлено: 16 янв 2017, 17:01
primov
2017 yil 13 yanvar kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari- kafedra mudiri D.T.Amridinova, dos.S.S.Doliev, Sh.B.Sa’dullaeva, Sh.A.Indiaminova va Al va KHKlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul T.H.Halimovlar tomonidan Tayloq Agrotadbirkorlik va Samarqand agrosanoat kollejlarida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirda dos. S.Doliev Milliy armiyamizni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda shakllantirilishi, avvalo, O‘zbekistonning mintaqamizda va hozirgi dunyoda tutgan geostrategik va geosiyosiy o‘rni, armiyamizning jahon harbiy qurilishining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etganligi haqida fikr bildirdi. Ayni paytda milliy jangovar armiyamizni yuksak sadoqat ruhida tarbiyalash, hozirgi zamon talablariga to‘la mos keladigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi bo‘lgan o‘quv-texnik va ma'naviy-ahloqiy asosda yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ekanligini ta’kidladi. Armiya saflariga, avvalombor, mustaqil va suveren O‘zbekistonimizga xizmat qilish, uning manfaatlari va sarhadlarini, xalqimizning tinch va osuda hayotini himoya etishga azmu qaror qilgan mard va fidoyi, intellektual jihatdan tarbiya topgan yetuk kadrlar kerakligi ma’ruzada o’z aksini topgan.