Amaliyotchilar tadbirida - “YANGI YIL” shukuhi

SamDCHTIning Samarqand viloyatidagi 25 ta kasb hunar kolleji va 4 ta akademik litseylar bilan hamkorlik aloqalari haqidagi forum

Amaliyotchilar tadbirida - “YANGI YIL” shukuhi

Сообщение primov » 12 янв 2017, 17:06

Institutimizning Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi bitiruvchilari tomonidan amaliyot maskanlarida yakunlovchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar SamDCHTI qoshidagi 1-son akademik litsey hamda Samarqand shahridagi fransuz tiliga ixtisoslashgan 43-son maxsus o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar to‘liq amaliyotchi talabalarning o‘z g‘oyalari asosida tashabbuskorlik va tashkilotchilik sa’y-harakatlari yordamida o‘tkazildi.
Ma’naviy tadbirlarning biri o‘zbek xalq ertaklaridan “Yetti ahmoq” ertagining fransuz tilidagi namoyishiga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchi tadbir esa, fransuz tilida sahnalashtirilgan yangi yil bayrami chiqishlariga bag‘ishlandi. Mazkur tadbirlarni o‘tkazishda amaliyotchilarni ikki oy davomida mamnuniyat bilan qabul qilgan ushbu ta’lim muassasalari amaliy yordam ko‘rsatishdi.
Kafedra tomonidan belgilangan amaliyot rahbarlari, ya’ni katta o‘qituvchilar R.Shukurova va D. Ataullaeva hamda o‘qituvchilar L.Dolieva va D.Nasimovalar amaliyot jarayoni talabalar uchun o‘ta sermahsul va samarali bo‘lishiga katta hissa qo‘shdilar.
Amaliyot jarayoni o‘tkazilgan ta’lim muassasalari - tadbirlar SamDCHTI qoshidagi 1-son akademik litsey hamda Samarqand shahridagi fransuz tiliga ixtisoslashgan 43-son maxsus o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati institutimiz bitiruchi amaliyotchilari o‘quvchi yoshlar tarbiyasida ma’naviy ruhiyat tarbiyasini shakllantirishda munosib hissa qo‘shganligini alohida ta’kidladi va Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi jamoasiga minnatdorchilik bildirishdi.
Вложения
005.jpg
005.jpg (66.22 KiB) Просмотров: 79
004.jpg
004.jpg (88.18 KiB) Просмотров: 79
003.jpg
003.jpg (74.95 KiB) Просмотров: 79
002.jpg
002.jpg (84.88 KiB) Просмотров: 79
001.jpg
001.jpg (99.71 KiB) Просмотров: 79
primov
Любопытный
 
Сообщений: 23
Зарегистрирован: 05 сен 2014, 16:44
Имя: Bahodir
Фамилия: Primov
Статус: Учитель

Вернуться в Akademik litsey va kasb hunar kollejlari sohasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron