Kasbga yo’naltirish ishlarini davom ettirish

SamDCHTIning Samarqand viloyatidagi 25 ta kasb hunar kolleji va 4 ta akademik litseylar bilan hamkorlik aloqalari haqidagi forum

Kasbga yo’naltirish ishlarini davom ettirish

Сообщение azamat » 05 фев 2016, 12:56

Mamlakatimiz kasb-hunar kollejlarida umumta’lim va kasbiy (umumkasbiy va maxsus) fanlarni muayyan uyg’unlikda o’qitish, o’quvchilarda tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishni orttirishi bilan birga, birinchidan, umumta’lim fanlarini “jonlantirishga”, ya’ni ko’rgazmaliligini oshirishga, ularni bo’lajak kasb elementlari bilan bog’lab o’tishga olib keladi. Ikkinchidan esa, kasbning asosini tashkil qiluvchi, unga bevosita aloqador bo’lgan maxsus fan elementlarini yanada chuqurroq va to’laroq o’rganishlariga imkoniyat yaratadi.
Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki, umumta’lim fanlarini kasbga yo’naltirib o’qitish o’quvchilarning ilmiy mushohada yuritish qobiliyatlarini rivojlantiradi, o’quvchilarda o’rganayotgan o’quv fanlariga kengroq nazar tashlashlariga, atrof muhitda kechayotgan hodisa va jarayonlarni o’rganishga kompleks yondashishga undaydi. Bu o’z navbatida ta’lim samaradorligini oshishiga, o’quvchilarning fanlarga bo’lgan qiziqishi, bilim doirasi, dunyoqarashining va ijodiy fikrlash qobiliyatlarining o’sishiga, o’quv materialarining chuqurroq o’zlashtirishiga olib keladi hamda ularni ilmiy tadqiqot ishlariga chorlaydi.
O’quvchilarning o’rganayotgan kasbiga bo’lgan qiziqishini yanada orttirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida kasbga yo’naltirish ishlari olib borilmoqda. Sarteppo turizm-maishiy xizmat kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda kollej o’quvchilarini institut hayoti va faoliyati bilan tanishtirish maqsadida bir necha bor ekskursiyalar uyushtirildi.
2016 yil 4 fevral kuni Turizm xizmatlari tashkilotchisi yo’nalishi 3-kurs talabalari guruh rahbari Abdurasulov Shavqiddin boshchiligida institutimizga tashrif buyurishdi. Talabalar institutda faoliyat olib borayotgan markazlar bilan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi.
Вложения
SAM_3697.jpg
SAM_3697.jpg (101.51 KiB) Просмотров: 2738
SAM_3694.jpg
SAM_3694.jpg (100.64 KiB) Просмотров: 2738
SAM_3685.jpg
SAM_3685.jpg (87.59 KiB) Просмотров: 2738
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 90
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Akademik litsey va kasb hunar kollejlari sohasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron