Joriy 2013-2014 o’quv yilining 13.02.2014 sanasida Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi xitoy tili o’qituvchisi Tugalov H. Qo’shrabot Pedagogika kollejida “Axborot texnologiyalari ” mavzusida ochiq dars tashkil etdi.“Axborot texnologiyalari” dars mashg’ulotida material sifatida qo’llanma va tarqatma matreallar, slaytlardan foydalanildi. “Axborot va axborot texnologiyalari nima? ” kirish qismidan boshlandi.
O’qituvchi Tugalov H. kollej o’quvchilariga “Axborot texnologiyalari”ga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi. Ochiq dars so’ngida mavzu asosida savol-javoblar qilindi.
Auditoriyaning talab darajasi yuqori hisoblandi, chunki ochiq dars zamonaviy axborot texnologiyalari haqida bo’lib, yoshlar ongida zamonaviy axborot texnologiyasidan to’g’ri va unumli foydalanishni rivojlantiradi. Darsning nazariy-uslubiy ta’minot darajasini, o’quvchilarning darsni tushunganlik darajasini, o’quvchilarning faollik darajasini to’liq va qoniqarli deb baholash mumkin.O’qituvchi Tugalov H. yangi, ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tgan amaliy dars mashg’uloti o’quvchilarga juda manzur bo’ldi.
Qo’shrabot Pedagogika kolleji direktori A.D. Rustamov Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi professor-o’qituvchilariga o’zi va jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.