24.04.2014 kuni Samarqand olimpiya zahiralari kollejida ,,Sog’inamiz sizni Muhammad Yusuf “ mavzusida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
1. Kirish so’zi kollej direktori R A Maxmudov
2. ,,Sog’inamiz sizni Muhammad Yusuf” mavzusida ma’ruza Samarqandlik shoira Gavhar Abduvosi qizi
3. ,,Muhammad Yusuf xalq ardog’ida” mavzusida ma’ruza ,, Adolat sari” gazetasining muxbiri Hayitov Rustam O’roqovich
4. ,, Muhammad Yusuf – Vatan kuychisi” mavzusida ma’ruza ,,Yoshlar olami” ijtimoiy – ma’naviy ommabop yoshlar gazetasi mas’ul kotib: Alisher To’xtayev.
5. Muhammad Yusuf “Mehr muhabbatning ulug’lanishi” Samarqand Davlat Chet tillar inestituti “Jismoniy ma’daniyat va ekologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi Bekirov S
5 Muhammad Yusuf she’rlaridan na’munalar: o’quvchilar
6 Muhammad Yusuf hayotini yorituvchi videofilm
Tadbir kollejning ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Z. Umarova,F. Muxtorova tomonidan tashkil etildi.
Tadbirni ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Z Umarova olib bordi.
Tadbirni kollej direktori R A Maxmudov kirish so’zi bilan ochib berdi.
Eshtildi: Mehr inson qalbi va ruhining ko’zgusi, badiiy adabiyotning jon tomiridir. Inson qalbi mehr – muhabbatga, saxovatga nihoyatda boy. Bu tuyg’u dunyoni asrab kelayotganligi haqiqat. Muhammad Yusuf she’rlarida insoniylik tuyg’ilarini o’z ijodida shunday bir ohang bilan kuyladiki, bu she’rlar har bir o’quvchi qalbida birinchi navbatda, insonlarga yaxshilik qilish, el – yurt uchun jon fido qilishni o’z hayoti bilan uzviy bog;lash tiyg’ularini uyg’otadi.
,,Sog’inamiz sizni Muhammad Yusuf” mavzusida Samarqandlik shoira Gavhar Abduvosi qizi ma’ruza qildi.
Eshitildi: Muhammad Yusuf hammani esini og’dirgan, o’ylatgan, kuldirgan, yig’latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi.
Shoir lirikasida insoniylikni ulug’lash pafos darajasida ko’tarilgan. U insoniylik tiyg’ularini o’z ijodida shunday bir ohang bilan kuylaydiki, bu she’rlar o’quvchi qalbida birinchi navbatda, insonlarga yaxshilik qilish, el- yurt uchun jon fido qilishni o’z hayoti bilan uzviy bog’lash tuyg’ularini uyg’otadi. Muhammad Yusuf juda tez og’izga tushdi. Birorta sho’ir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo’lmagan u juda qisqa umr ko’rdi lekin ulkan meros qoldirdi.
O’tar qancha yillar to’zoni,
Yulduzlar – ko’z yoshi samoni.
O’tar inson yaxshi – yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug’da porlagan o’sha,
Iqboliga chorlagan o’sha.
Dunyoni tor aylagan o’sha –
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Nima deysan, ey, g’ayyir inson?
G’iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o’tursan inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.