Страница 1 из 1

Italyan tili Samarqand san'at kollejida

СообщениеДобавлено: 23 янв 2018, 18:16
primov
Samarqand san’at kolleji bilan hamkorlik
Institutimizning roman-german tillari fakulteti italyan tili ta’lim yoʻnalishi pedagog xodimlari va talabalari Samarqand san’at kolleji bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishgan. Kollej bilan kafedra oʻrtasidagi hamkorliklar bir necha yillardan beri davom etib kelmoqda.
Kollej oʻquvchilari muntazam ravishda institutimizga tashrif buyurishadi. Joriy yilning yanvar fevral oylarida bir necha tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Italyan va ispan tillari kafedrasining yosh oʻqituvchilaridan B. Sodiqova, M. Gulyamova, M. Hakimov va B. Xudoyqulovlar kollejda fakultativ tarzda italyan tilidan saboq berishmoqda.
Fevral oyida ushbu pedagog xodimlar institutda yana bir toʻgarak tashkil etib, unda italyan, ingliz tillarini oʻrganish va turli mavzular, jumladan, madaniyatlararo munosabatlar mavzusida suhbatlar tashkil etib borishni rejalashtirishgan. Kollej bilan ikki tomonlama shartnoma tuzilib, kelejakda hakorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olingan.