SamDCHTI akademik litseyi bilan olib borilayotgan faoliyat h

SamDCHTIning Samarqand viloyatidagi 25 ta kasb hunar kolleji va 4 ta akademik litseylar bilan hamkorlik aloqalari haqidagi forum

SamDCHTI akademik litseyi bilan olib borilayotgan faoliyat h

Сообщение primov » 13 янв 2018, 12:20

SamDCHTI akademik litseyi bilan olib borilayotgan faoliyat haqida

Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi „Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida“gi PQ-3290 qarorining 2-ilovasiga muvofiq Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey Samarqand davlat chet tillar instituti tasarrufiga o‘tkazildi.
Hozirgi kunda litseyda aniq fanlar, tabiiy fanlar, xorijiy tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha 1285 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Litseyda ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Litsey o’quvchilariga institutdagi smartklasslarda ham mashg’ulotlar olib borish yo’lga qo’yilgan.
2018 yil 5 yanvar kuni litsey pedagog xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, institut bilan litsey o‘rtasidagi hamkorlik va qilinishi rejalashtirilgan ishlar haqida kelishib olindi. Bunda litsey pedagog xodimlarining institut komyuter o‘quv xonalari va ARMdan keng foydalanishiga alohida e’tibor qaratildi. Institutning tajribali professor-o‘qituvchilarini akademik litseyda faoliyat ko‘rsatishga jalb etish kerakligi ta’kidlandi.
2018 yil 6 yanvar kuni litseyda dars jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida institutdan 1ta elektron doska 1 videoproyektor va 1ta zamonaviy kompyuter ajratildi. Shu bilan birga SamDCHTI tomonidan 2018-2021 yillarda litsey moddiy-texnik bazasini rivojlantirish boyicha smeta tuzildi va tasdiqlandi.
Вложения
012.jpg
012.jpg (138.85 KiB) Просмотров: 88
primov
Любопытный
 
Сообщений: 36
Зарегистрирован: 05 сен 2014, 16:44
Имя: Bahodir
Фамилия: Primov
Статус: Учитель

Вернуться в Akademik litsey va kasb hunar kollejlari sohasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron