Страница 1 из 1

Ta’lim tizimida xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik

СообщениеДобавлено: 24 апр 2017, 12:07
primov
Ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash ta’lim sifatini oshirishga katta xizmat qiladi. Keyingi yillarda bu borada ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, umumiy o’ta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlash zamon talabiga aylanib qoldi va aniq ishlarni amalga oshirish kerakligi talab etiladi.
Bu borada SamDCHTI mutaxassislik kafedrasi pedagog xodimlari o’rta maxsus, kasb hunar kollejlaridagi hamkasblari bilan hamkorlik qilishmoqda. Ishchi o’quv rejalar tuzish, turli dasturlar tuzish, ma’lum mavzular tanlash borasida ancha ishlar amalga oshirildi. Institut pedagog-xodimlari AL va KHK o’quvchilari uchun turli uslubiy ishlanmalar va tavsiyanomalar tayyorlashishdi.
Hamkorlikni amalga sohirishda xorijlik mutaxassislarning tajribasidan ham unumli foydalanilmoqda. AL va KHK pedagog-xodimlari va o’quvchilari uchun xorijlik mutaxassislarni jalb etgan holda muntazam master klass va amaliy seminar-treninglar tashkil etilib, olingan tajriba dars jarayoniga tatbiq etilmoqda. Jumladan, AQSHdan institutga ingliz tili o’qituvchisi sifatida taklif etilgan Elise Brittain ushbu hamkorlikda juda faol ishtirok etmoqda.