Страница 1 из 1

Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi innovatsion hamkorligi

СообщениеДобавлено: 21 апр 2014, 14:26
malika2010
Joriy 2013-2014 o’quv yilining 23 yanvar sanasida Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi yapon tili o’qituvchisi Urokov Sh.T. Qo’shrabot Pedagogika kollejida “Siz ogohlikni qanday his etasiz” mavzusida ochiq dars tashkil etdi.
O’qituvchi Urokov Sh.T. kollej o’quvchilariga internetdan to’g’ri foydalanish kerakligini takidlab o’tdi. odnakilassnik va turli xil ijtimoiy sayitlarigi ekstiramestik guruhlarning buzg’inchi g’oyalaridan ehtiyot bo’lishini ogohlantirdi. Ochiq dars so’ngida mavzu asosida savol-javoblar qilindi.
Auditoriyaning talab darajasi yuqori hisoblandi, chunki ochiq dars mashg’uloti bugungi kun sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, u hech birimizni befarq qoldirmaydi. Darsning nazariy-uslubiy ta’minot darajasini, o’quvchilarning darsni tushunganlik darajasini, o’quvchilarning faollik darajasini to’liq va qoniqarli deb baholash mumkin. O’qituvchi Urokov Sh. T. yangi ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tgan amaliy dars mashg’uloti o’quvchilarga juda manzur bo’ldi.
Qo’shrabot Pedagogika kolleji direktori A.D. Rustamov Osiyo mamlakatlari tillari kafedrasi professor-o’qituvchilariga o’zi va jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdi.
20140418_110411.jpg
20140418_110411.jpg (121.69 KiB) Просмотров: 559
20140418_110347.jpg
20140418_110347.jpg (117.79 KiB) Просмотров: 559