SOG’ TANDA - SOG’LOM AQL

SamDCHTIning Samarqand viloyatidagi 25 ta kasb hunar kolleji va 4 ta akademik litseylar bilan hamkorlik aloqalari haqidagi forum

SOG’ TANDA - SOG’LOM AQL

Сообщение primov » 24 фев 2017, 18:15

Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi 1-son akademik litsey va institutimizning jismoniy madaniyat kafedrasi pedagog xodimlari hamkorlikda 2017 yil 24 fevral kuni litseyda “Sog’ tanda – sog’lom aql” shiori ostida sport musobaqalari uyushtirishdi. Ushbu tadbirda litsey o’quvchilari bilan bir qatorda institutning sportchi talabalari ham ishtirok etishdi.
Tadbirni SamDCHTI AL va KHK bilan ishlash bo’yicha prorektori B. Primov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri H. Bo’riyev, kafedra dotsenti R, Ibragimov, o’qituvchi D. Alimjanova va litsey o’qituvchilari ham so’zga chiqishdi. Litsey o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan mavzularda savollar berishdi.
Shundan so’ng qiziqarli sport o’yinlari boshlandi. Litsey o’quvchilari va institut talabalari birgalikda komandalarga bo’linib, sportning yugurish, turnikka tortilish, tosh ko’tarish va boshqa turlari bo’yicha kuch sinashdi. Musobaqalar oxirida faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi. Ushbu tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldidi va bundan keyin ham shunday tadbirlarni tashkil etib borishga kelishib olindi.
Вложения
007.jpg
007.jpg (91.77 KiB) Просмотров: 178
006.jpg
006.jpg (124.04 KiB) Просмотров: 178
004.jpg
004.jpg (152.04 KiB) Просмотров: 178
003.jpg
003.jpg (129.93 KiB) Просмотров: 178
002.jpg
002.jpg (91.77 KiB) Просмотров: 178
001.jpg
001.jpg (115.13 KiB) Просмотров: 178
primov
Любопытный
 
Сообщений: 42
Зарегистрирован: 05 сен 2014, 16:44
Имя: Bahodir
Фамилия: Primov
Статус: Учитель

Вернуться в Akademik litsey va kasb hunar kollejlari sohasi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron