Mirzo Bobur: Kim ko’ribdur ... ahli jahondin yaxshilig’...

Mirzo Bobur: Kim ko’ribdur ... ahli jahondin yaxshilig’...

Сообщение s-tolib » 16 фев 2017, 15:01

14 – fevral buyuk mumtoz shoir, adabiyotshunos, geograf, tarixchi, davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunining 534 yilligiga bag’ishlab Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot – resurs markazi o’quv zalida an’anaviy ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
3333333333.jpg
3333333333.jpg (29.12 KiB) Просмотров: 155

Tadbirda ARM direktori, ustoz yozuvchi va shoir Eshqobil Vali, O’zbekiston radiokanalining Samarqand viloyati va mintaqaviy maxsus muxbiri taniqli jurnalist-shoir To’lqin Siddiq, arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri f.f.n.dosent A.Turobov, institut ma’naviy-ma’rifiy bo’limi boshlig’i I.Mamasoliyev, pedagogika fani o’qituvchisi I.Turobov qatnashdilar hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan ma’ruza qildilar. Tadbirda Axborot - resurs markazida Zahiriddin Muhammad Boburning asarlari, g’azallarining o’zbek, rus tillaridagi nashrlari o’rin olgan ko’rgazma tashkil etildi.
Bobur shaxsiyati, ijodi va faoliyati bizdan hali yana ko’p o’rganishni, tadqiqotlar o’tkazishni taqozo etadi – ishtirokchilar buni alohida ta’kidlashdi.
Tadbir mushoiraga ulanib ketdi.
s-tolib
Странник
 
Сообщений: 105
Зарегистрирован: 19 май 2015, 08:40
Имя: Tolib
Фамилия: Saidov
Статус: другой

Вернуться в Axborot-resurs markazi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron