Vatanim ravnaqiga mening hissam!

Vatanim ravnaqiga mening hissam!

Сообщение azamat » 16 дек 2016, 09:05

O’zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylov hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan “Kamolot” YoIH viloyat kengashi hamda oliy o’quv yurtlaridan saralab olingan eng faol bir guruh targ’ibotchilar Samarqand viloyatining 16 ta tuman va chekka qishloqlarida targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishdi. Bunda Samarqand davlat chet tillar institutining talabalari ham faol qatnashishdi.
Jumladan, ingliz tili fakulteti 3-bosqich talabasi Ro’ziyeva Maftuna bu kabi tadbirlarda bir necha yillardan buyon faol qatnashib kelmoqda.
Ushbu targ’ibot-tashviqot ishlarini o’tkazishdan maqsad, olgan huquqiy bilimlarimizni yoshlarga tengdosh-tengdoshga degan g’oya asosida tatbiq etish, yoshlarni faollikka chorlash, istedodli yoshlarni birlashtirish, ular bilan hamsuhbat bo’lish va ochiq muloqot joriy etish, shu kungacha erishgan yutuqlarimiz hamda ularning ahamiyatini yoritishga qaratilgan -deydi targ’ibotchi M. Ro’ziyeva
Bundan tashqari O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatiga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar, uning tub mohiyati nimalardan iborat ekanligi, Konstitutsiyada belgilangan yoshlarga oid moddalar xususida keng malumot berishdan iborat. Birgina misol Kattaqo’rg’on shaxridagi 13-maktabning 8-sinf o’quvchilari Fotixova Gullaylo va Meliqulov Baxtiyor kabi yoshlar o’zlarining olgan bilim va ko’nikmalarini bizning berilgan savollarga javob berish orqali namoyon etishdi. Shuningdek, Oqdaryo tumanidagi Oqdaryo maktabgacha talim va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji talabasi Ahmedova Gulmira prezident saylovida birinchi marta ishtirok etib, -munosib insonga ovoz berdim va men bergan ovoz o’z aksini topdi deb shaxsiy fikr va xulosalarini bildirdi. Bu kabi ko’zlari yonib turadigan shijoatli yoshlar bilan ishlash bizga zavq bag’ishlaydi albatta -deydi Maftuna Ro’ziyeva.
Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori shu yoshlar. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov aytganlaridek “–Ertangi kunimiz yoshlarning ko’zida, harakatida, kerak bo’lsa qudratida. Aziz bolalarim sizlar mening suyanchim va tayanchimsiz, marrani kengroq olinglar marra sizlarniki” –degan davat har bir yoshni larzaga soladi, faollik sari odimlaydi.
Вложения
DSC_0001.jpg
DSC_0001.jpg (92.44 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0008.jpg
DSC_0008.jpg (126.46 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0009.jpg
DSC_0009.jpg (121.86 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0011.jpg
DSC_0011.jpg (110.89 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0012.jpg
DSC_0012.jpg (99.9 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0029.jpg
DSC_0029.jpg (143.73 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0031.jpg
DSC_0031.jpg (136.94 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0035.jpg
DSC_0035.jpg (142.12 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0041.jpg
DSC_0041.jpg (80.56 KiB) Просмотров: 4006
DSC_0042.jpg
DSC_0042.jpg (70.67 KiB) Просмотров: 4006
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 96
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Yoshlar ittifoqi

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron