“OSIYO MAMLAKATLARI TILLARI” KAFEDRASI

“OSIYO MAMLAKATLARI TILLARI” KAFEDRASI

Сообщение azamat » 12 июл 2014, 11:15

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI TARJIMONLIK FAKULTETI “OSIYO MAMLAKATLARI TILLARI” KAFEDRASI
“Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasi 2001 yil sentyabr oyida tashkil etilib, bugungi kunda kafedraning o’quv-pedagogik yuklamasi 23 000 soatdan ortiqni tashkil etadi. Kafedra Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR), Yaponiya hukumatining qator OTMlari bilan xalqaro ilmiy aloqalar o’rnatishga erishdi. Jumladan, Seul Milliy Universiteti, Chonnam davlat universiteti, Chongju davlat universiteti, Kyotong davlat universiteti, Chonbuk davlat universiteti shuningdek, Koreya Respublikasining xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi, Yaponiya hukumatining xalqaro “JICA” hamkorlik agentligi, XXRning Shinjon universiteti bilan ilmiy, uslubiy, korporativ hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Har o’quv yilida mazkur hamkorlik agentliklaridan ko’ngilli mutaxassislar, prof.-o’qituvchilar koreys, yapon, xitoy tili ta’lim yo’nalishlari talabalariga asosiy o’rganilayotgan tilning nazariy va amaliy mashg’ulotlaridan saboq berishmoqda.
Joriy 2014 yilning 28 mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o’tkazilgan “XXII respublika koreys tili notiqlik san’ati” tanlovida Tarjimonlik fakulteti koreys tili ta’lim yo’nalishidan quyidagi iqtidorli talabalar ishtirok etishib, quyidagi sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishdi:
4 kurs talabasi Vaxabova Malika – “Gran pri” sohibasi;
3 kurs talabasi Sayfiddinov Jasur – faxrli 3 o’rin.
G’olib talabalarga tanlov tashkilotchilari – Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi, Toshkent shahridagi Koreys tili ta’lim markazi tomonidan qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
Yaponiya hukumatining O’zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan joriy 2014 yilning 28-29 mart kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro Biznes Markazda “XXII respublika yapon tili notiqlik san’ati” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Unda Tarjimonlik fakulteti yapon tili ta’lim yo’nalishidan iqtidorli talabalar Islamov Ibrohim (3 kurs); Juraeva Durdona (2 kurs); Jamolov Sherzod (2 kurs) o’zlarining ilmiy rahbarlari o’qit.Ivasaki Toru, F.Lutfilloyevalar boshchiligida ishtirok etishdi. Ushbu ko’rik tanlovda 3 kurs talabasi Islamov Ibrohim faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritib, joriy yil aprel oyida Osiyo miqyosida o’tkaziladigan bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdi.
Joriy 2014 yil, 24 aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “Xitoy tili notiqlik san’ati” ko’rik tanlovining 12-respublika bosqichi o’tkazildi. Unda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda SamDChTI xitoy tili ta’lim yo’nalishining iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Mazkur ko’rik tanlovda SamDChTI xitoy tili ta’lim yo’nalishidan qatnashgan iqtidorli talabalar o’z ilmiy rahbarlari, katta o’qituvchilar Ma Suy Ling va Vang Li Fin ko’magida quyidagi o’rinlarni qo’lga kiritishga sazovor bo’lishdi: Safarova Yulduz – 2 faxrli o’rin (4-kurs); Munisov Zarkamol – 3 faxrli o’rin (3-kurs).
Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi hamda xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi tashabbusi bilan 2010 yil sentyabr oyida SamDChTIda “Koreys tili va madaniyati” markazi tashkil etildi. Ushbu markaz mazkur tashkilotlar tomonidan kompyuter jamlanmalari, darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlandi. Kafedra tashkil topgan kundan boshlab Koreya Respublikasining qator oliy ta’lim muassasalari bilan o’rnatilgan shartnomalar asosida talabalar almashinuv loyihasi yo’lga qo’yildi. Talabalar A.Ismailov, Sh.Bekturdiev (Chonnam davlat universiteti), L.Kim, V.Li (Koryo universiteti) Janubiy Koreyaning nufuzli OTMlarining til kurslarida o’qib kelishdi. Kafedra professor-o’qituvchilaridan D.U.Baxranova, L.O.Kim, Sh.Eshimova, M.A.Baymatovalar (Koryo universiteti), D.Turaeva (Pay Chay universiteti) o’z mutaxassisliklari bo’yicha malakalarini oshirib qaytishdi. Kafedra professor-o’qituvchilar “Markaziy Osiyoda koreys tili va koreyashunoslik” nomli xalqaro ilmiy amaliy anjumanda o’z maqolalari, tezislari bilan ishtirok etib kelishmoqda.
5A 120102-Lingvistika: (koreys tili) mutaxassisligi bo’yicha mutaxassilik fanlari blokidagi nazariy va amaliy fanlar asosan, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilmoqda. O’qitiladigan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar tayyorlanib, dars mashg’ulotlariga joriy etilmoqda. Magistrantlar tanlangan magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ustida izlanishlar olib borishmoqda.
“Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasi kesimida tashkil etilgan “Koreyscha so’zlashamiz”, “Xitoy tili ko’prigi”, “Yapon tili va adabiyoti” ilmiy to’garaklarning iqtidorli talabalari Samarqand shahrida o’tkazilayotgan xalqaro konferensiyalarda, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallarida tarjimon sifatida faol ishtirok etishmoqda. Shuningdek, kafedra kesimida «Koreys milliy cholg’u asboblari», «Xitoycha kuylaymiz» badiiy to’garaklari faoliyat yuritadi.
Har o’quv yilida koreys, xitoy va yapon tillari ta’lim yo’nalishlari talabalari hamda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan «Koreys madaniyati kuni», «Xitoy madaniyati kuni», «Yapon madaniyati kuni», «Notiqlik san’ati» kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelinadi.
“Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasining prof.-o’qituvchilari kafedraning «Jahon sivilizatsiyasi chorrahasida sharq tillarining rivojlanishi va taraqqiyoti» deb nomlangan ilmiy yo’nalishi bo’yicha izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. O’zMU, O’zDJTU, ToshDShI, Nizomiy nomidagi TDPU da shuningdek, Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi ta’lim markazi, Seul Milliy Universiteti, Chonnam, Pusan Milliy Universitetlari hamda Chungju, Chunbuk Davlat Universitetlari (Janubiy Koreya), Xalqaro “KOICA” hamkorlik agentligi, Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon Agrar Universiteti, Yaponiya hukumatining xalqaro “JICA” hamkorlik agentligi, Sukuba Universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilib, unda “Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasi professor-o’qituvchilari o’z ilmiy maqolalari, tezislari bilan ishtirok etib kelishmoqda.
“Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasida professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbolli rejasi tuzilgan bo’lib, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2013-2014 o’quv yili davomida turli ilmiy jurnallar va anjumanlar to’plamlarida 69 ta ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi.
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 88
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Tarjima nazaryasi va amaliyoti fakulteti

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron