SamDCHTI TTJda Zulfiyaxonim tavalludiga bag`ishlangan kecha

SamDCHTI TTJda Zulfiyaxonim tavalludiga bag`ishlangan kecha

Сообщение Ozod-ok » 01 мар 2018, 18:58

01.03.2018 kuni SamDCHTI Talabalar turar joyida institut xotin qizlar qo`mitasi hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Sharq tillari kafedrasi o`qituvchilari hamkorlikda o`zbek atoqli shoirasi Zulfiya tavalludiga bag`ishlab talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazishdi. Tadbirni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti xotin qizlar qo`mitasi raisi Z. Shukurova ochib berdi. Tadbirda ingliz tili va Roman-german tillari fakulteti xotin qizlar qo`mitasi raislari ham qatnashib talabalarga Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida gapirib o`tishdi. Tadbirda TTJda isteqomat qiluvchi qizlar ham faol qatnashib, ikki guruhga bo`lingan holda Bahri bayt aytishishdi. Tadbir so`ngida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ustoz-murabbiylar kengashi raisi M. Baymatova so`zga chiqib, bahorning birinchi kuni hamda Zulfiya tavalludi bilan barchani tabrikladi.
Вложения
1.jpg
1.jpg (168.67 KiB) Просмотров: 116
2.jpg
2.jpg (185.95 KiB) Просмотров: 116
3.jpg
3.jpg (146.32 KiB) Просмотров: 116
4.jpg
4.jpg (148.96 KiB) Просмотров: 116
5.jpg
5.jpg (147.73 KiB) Просмотров: 116
Ozod-ok
 
Сообщений: 7
Зарегистрирован: 26 янв 2017, 07:57
Имя: Ozod
Фамилия: Tilovov
Статус: Учитель

Вернуться в Tarjima nazaryasi va amaliyoti fakulteti

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron