Страница 1 из 1

Salom oliy dargoh, Yangi yil shou!

СообщениеДобавлено: 26 дек 2016, 16:06
usattarov
Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida roman-german tillari fakultetining iqtidorli yoshlari ishtirokida “Salom oliy dargoh, Yangi yil shou” nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov ochib, roman-german tillari fakultetining 1-bosqich talabalarini talabalik baxtiga erishganligi bilan tabrikladi va ularga talabalik guvohnomasini tantanali ravishda topshirdi.

hundan so’ng, tadbirning badiiy qismi boshlanib, unda roman-german tillari fakulteti talabalari tomonidan ispan, italyan, nemis hamda ingliz xalqlarining milliy raqslari namoyish etildi.
962c688b60c4e4bae798e0d080300bfd.jpg
962c688b60c4e4bae798e0d080300bfd.jpg (135.75 KiB) Просмотров: 200



Tadbirda shuningdek, fakultetning quvnoq va zukko talabalaridan tarkib topgan “Germaniyalik bojalar” guruhi o’zining qiziqarli chiqishlari bilan ishtirok etdi..
Tadbir so’ngida institut rektori I.Tuxtasinov jamoat ishlarida faollik ko’rsatgan bir guruh ustoz-murabbiylar hamda iqtidorli talabalarga faxriy yorliqlar topshirdi.