Vatan himoyasi-muqaddas burch!

Vatan himoyasi-muqaddas burch!

Сообщение azamat » 19 янв 2016, 11:00

Samarqand oliy harbiy avtomobil muhandislik qo’mondonligi bilim yurtida “Vatan himoyasi-muqaddas burch!” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.
Изображение
2016 yil 12 yanvar kuni soat 15.00 da 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand oliy harbiy avtomobil muhandislik qo’mondonligi bilim yurtida Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german tillari fakulteti jamoasi hamda bilim yurtining “Tillar va adabiyot” kafedrasi bilan birgalikda tadbir tashkillashtirildi. Bilim yurtining ofiserlar uyi binosida fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan tadbir bayram ishtirokchilariga namoyish qilindi.
Изображение
Mazkur tadbirda bilim yurtining o’quv ishlari bo’yicha boshliq o’rinbosari, tillar va adabiyot kafedrasi o’qituvchilari, bir nechta ofiser-o’qituvchilar, bilim yurti kursantlari, institut tomondan esa fakultet dekani A.Shermatov, nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.Begmatov, ispan va italyan tillari kafedrasi mudiri A.Begmatov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O’.Sattorov, fakultet o’qituvchilaridan T.Ismoilov, L.Sharapova hamda fakultetning boshqa o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Tadbir so’nggida bilim yurti rahbariyatiga, “Tillar va adabiyot” kafedrasi mudiri M.Osmonov hamda ushbu kafedra o’qituvchisi Sh.Mitanovalarga tadbirni uyushqoqlik bilan o’tkazishga yordam berganligi uchun institut tomonidan “Tashakkurnoma”lar taqdim qilindi.
Изображение

Изображение
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 96
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Roman-german tillari fakulteti dekanati

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron