Tillar bellashuvi

Tillar bellashuvi

Сообщение azamat » 19 янв 2016, 10:37

Muhtaram Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risidagi” PQ-1875 sonli Qaroridan kelib chiqqan holda, hozirda respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitish bo‘yicha axborot-kommunikasion texnologiyalarni qo‘llagan holda bir qancha samarali ishlar qilinmoqda. Ushbu ishlarning barchasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarni o‘rgatish hamda tez orada o‘zi o‘rganayotgan chet tilida o‘z shaxsiy fikrlarini erkin bayon qila olish darajasiga erishish kabi ezgu maqsadlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Изображение
Joriy yilning 15-dekabr kuni Chet tillar institutitda an’anaviy “Tillar bellashuvi” tadbiri bo’lib o’tdi. Bu tadbir institutimizda 3 yildan beri o’tkazib kelinmoqda. Tadbirda o‘zbek milliy qadriyatlarini saqlagan holda hamda xalqimiz uchun juda qadrli bo‘lib qolgan “Parvona”, “Oltin devor” va “Kelinlar qo‘zg’oloni” kabi o‘zbek spektakllaridan ayrim parchalarni talabalar ijrosida nemis, fransuz, ispan, italyan va ingliz tillarida namoyish qilindi.
Изображение

Изображение
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarimizda chet tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish hamda ming yillardan beri davom etib kelayotgan o‘zbek milliy qadriyatlarini yoshlarga o‘rgatish kabilar hisoblanadi.

Изображение
Kelajakda o‘zbek xalqiga manzur bo‘lgan spektakllarni talabalar ijrosida chet tillarda namoyish qilish hamda ushbu jarayonni katta sahnalarga olib chiqish rejagakiritildi. Bundan maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarda biyron, bemalol so‘zlasha olish, yoza olish hamda fikr almasha olish kabilar bilan tarbiyalashdan iboratdir.
Изображение

Изображение

Изображение
Администратор и программист www.samdchti.uz
Аватар пользователя
azamat
Администратор
 
Сообщений: 96
Зарегистрирован: 13 янв 2014, 08:38
Откуда: from home
Имя: Azamat
Фамилия: Razakov
Статус: другой

Вернуться в Roman-german tillari fakulteti dekanati

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron