18-oktyabr “Samarqand shahri kuni”

18-oktyabr “Samarqand shahri kuni”

Сообщение usattarov » 20 окт 2017, 17:01

18-oktyabr “Samarqand shahri kuni” munosabati bilan Samarqand shahar hokimliga va O`zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida 18-19-oktyabr kunlari “Azim shahrim Samarqand” shiori ostida festival bo`lib o`tdi. Festival doirasida Samarqand shahrida joylashgan oliy ta`lim muassasalari o`rtasida “Zakovat” intellektual o`yini, rasmlar ko`rik tanlovi, insholar tanlovi va minifutbol sport turi kabi tadbirlar o`tkazildi. Bundan tashqari iqtidorli talabalar uchun Samarqand shahrining tarixiy obidalari bo`ylab sayohat uyushtirildi. Buyuk sarkarda Amir Temur va Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovlar haykallari poyiga gulchambarlar qo`yildi.
Institutimiz talabalari festival doirasida o`tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etishdi. Xususan, “Zakovat” intellektual o`yinida institutimiz sharafini himoya qilgan “Smart” jamoasi barcha oliy ta`lim muassasalari jamoalarini mag`lub etib faxrli birinchi o`rinni egalladi. Jamoa a`zolari sifatida Roman-german tillari fakultetidan: Karimov Jamshid, Fayzullayev Xurshid, Bozorov Dilshod; Ingliz tili fakultetidan: Tog`aymurodov Dilshod; Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetidan: Allayev Xurshid va Mamarizayeva Farangizlar ishtirok etishdi.
Iqtidorli talabalar uchun Samarqand shahrining tarixiy obidalari bo`ylab sayohatni tashkil etish jarayonida institutimiz Roman-german tillari fakulteti talabalari Qobilova Nafisa va Sherov Baxodirlar faol ishtirok etishdi.
19-oktyabr kuni o`tkazilgan konsert dasturida barcha yo`nalishlar bo`yicha g`oliblar taqdirlandi.
Вложения
IMG_9884.JPG
IMG_9884.JPG (178.44 KiB) Просмотров: 157
IMG_9879.JPG
IMG_9879.JPG (162.24 KiB) Просмотров: 157
IMG_9854.JPG
IMG_9854.JPG (136.11 KiB) Просмотров: 157
IMG_9830.JPG
IMG_9830.JPG (125.95 KiB) Просмотров: 157
IMG_9813.JPG
IMG_9813.JPG (122.81 KiB) Просмотров: 157
IMG_9780.JPG
IMG_9780.JPG (158.2 KiB) Просмотров: 157
usattarov
Любопытный
 
Сообщений: 29
Зарегистрирован: 19 фев 2016, 18:27
Имя: Utkir
Фамилия: Sattarov
Статус: Учитель

Вернуться в Roman-german tillari fakulteti dekanati

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron