Страница 1 из 1

Yoshlar tarbiyasi

СообщениеДобавлено: 20 окт 2017, 16:50
usattarov
Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti va Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi hamkorligida “yoshlar tarbiyasi” mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbirga bir qator hamkor tashkilotlar vakillari taklif etildi. Tadbirda O`zbekiston respublikasi hududiga chegara va internet orqali kirib kelayotagan Diniy ekstremizmni targ`ib qiluvchi va pornografik materiallar hamda ularning yoshlar hayotiga salbiy ta`sir ko`rsatishi, uni oldini olish usullari, farzandlar tarbiyasida ota-ona, ta`lim muassasalari va mahallalarning o`rni kabi masalalar ko`rildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu borada qilinayotgan ishlar haqida gapirib o`tildi. Bojxona boshqarmasi tomonidan tayyorlangan shu sohadagi qoidabuzarliklar haqida tayyorlangan vidiorollik qo`yib berildi. Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi U. Pardayev farzand tarbiyasi uchun ota-onalar javobgarligi sohasini yanada takomillashtirish taklifi bilan chiqdi. Tadbir yakunida xulosa qilinib qilinadigan ishlar kelishib olindi.