Kitoblar tuhfa etildi

Kitoblar tuhfa etildi

Сообщение primov » 05 окт 2019, 11:38

Uzoq yillar institutimizda fransuz tilidan saboq bergan, kafedra mudiri vazifasida ishlagan marhum ustoz dotsent Narziqulov Asror Mirsaidovich butun faoliyati davomida kitob yig’ib o’zining boy shaxsiy kutubxonasini yaratgan. Ushbu shaxsiy kutubxonada noyob ilmiy, badiiy adabiyotlar, darsliklar mavjud. Professor I.K. Mirsayev tashabbusi bilan domlaning yaqinlari roman-german tillari fakulteti fransuz tili ta’lim yonalishiga 400ga yaqin fransuz tilidagi ilmiy, badiiy adabiyotlar va darsliklarni hadya etishdi. Bu adabiyotlardan, albatta, ilmiy izlanuvchilarimiz, talabalarimiz va o’qituvchilarimiz unumli foydalanishadi, ustozni xotirlashadi. Shuningdek, professor I.K. Mirsayev ham o’zining shaxsiy kutubxonasidan fransuz tili va madaniyati markaziga fransuz tilidagi adbiyotlarni tuhfa etdi.
Вложения
01.jpg
01.jpg (123.69 KiB) Просмотров: 6
00.jpg
00.jpg (98.67 KiB) Просмотров: 6
primov
Прохожий
 
Сообщений: 51
Зарегистрирован: 05 сен 2014, 16:44
Имя: Bahodir
Фамилия: Primov
Статус: Учитель

Вернуться в Roman-german tillari fakulteti dekanati

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1

cron