2014 yil 13 iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz filologiyasi, roman-german filologiyasi va tarjimonlik fakultetlarida o’tkazilgan “Axborot soati” mashg’ulotlari doirasida talabalarni Respublikamizda sodir bo’layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy voqyea-hodisalardan xabardor qilib borish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 15-16 may kunlari Samarqandda bo’lib o’tgan “O’rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi so’zlagan nutqi o’rganildi.
Mashg’ulotda qatnashgan talabalarga fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari M.Bozorov, S.Doliyev va D.Amriddinovalar Prezidentimizning xalqaro konferensiyada so’zlagan nutqi yuzasidan ma’ruza qilishdi va shundan so’ng ma’ruzaning videolavhasi namoyish etildi.
Tadbirdan lavhalar:


