Страница 1 из 1

Xitoy madaniyati kuni

СообщениеДобавлено: 14 июн 2014, 11:13
norqulov
Joriy yilning 4-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Xitoy madaniyati kuniga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha o’tkazildi. “Osiyo mamlakatlari tillari” kafedrasi xitoy tili professor-o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti AL va KHK bilan ishlash bo’yicha prorektor, f.f.n.O.Yu.Rustamov o’z nutqida talaba-yoshlarni qizg’in qutlar ekan, ularning ilmiy izlanishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Konfutsiy institutiningSamarqand davlat chet tillar instituti qoshidagimarkazi direktori, janob LiuTao O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi OTMlari o’rtasida olib borilayotgan sherikchilik munosabatlarinig istiqbollari to’g’risida to’xtaldi. Tadbir SamDChTI xitoy tili ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan xitoy tilida tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan davom ettirildi.