Tinchlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik

Ma'naviy sohaga doir masalalar uchun

Tinchlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik

Сообщение manaviyat » 05 авг 2017, 15:50

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik g’oyalari enu ustuvor tushunchalardan biri hisoblanadi.
Bizning yurtimizda tinchlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik tamoyili asosida sezilarli ishlar olib borilmoqda .
Qisqacha qilib aytadigan bo`lsam, bu kurashning mohiyatini mustaqil O`zbekistonimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Hozirgi vaqtda ko`z o`ngimizda dunyoning iqtisodiy-ijtimoiy va axborot kommunikatsiya manzarasida chuqur o`zgartirishlar sodir bo`layotgan, turli xil mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir paytda biz g`oyaga qarshi g`oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi esa ma`rifat bilan kurashish lozim” degan fikrdan ham anglab olishimiz kerak.
Jaholat so`zi aslida arabcha “Jahila” fe`lidan olingan bo`lib, bilmaslik ma`nosini anglatadi. Shu sababli ham islomgacha, ya`ni islom dini kirib kelishidan oldingi davrni “Johillik davri” deb atashganlar. Negaki o`sha davrda odamlar bilimsizligi sababli ham qiz bolalarni triklayin ko`mib yuborganlar. Jamiyat shu qadar botqoqga botgan davr bo`lgan. Bu davrda ayollarning hech qanday haq-huquqlari bo`lmagan. Ularga mensimasdan qaralgan. Biroq islom dini kirib kelgandan so`ng jaholatning o`rnini asta-sekinlik bilan ma`rifat egallay boshladi, odamlar ma`rifatli bo`la boshladilar. U ayollar va qizlar sha’nini ko`klarga ko`tardi. Hattoki, uch qiz tarbiyalab voyaga yetkazgan onam jannati bo`lishi haqidagi fikrlar ham paydo bo`ldi. Bu haqda bir-necha hadislarda ham alohida to’xtalib o`tilgan.
Xullas, jaholatning o`rnini ma`rifat egallab, endilikda odamlar hayotiga, atrof-muhitga real ko`z bilan qaraydigan, hammaga nisbatan teng ko`z bilan qaraydigan bo`ldi.
Afsuslar bo`lsinki, bugungi kunda ham jaholat turli ko`rinishlarda, turfa xil usullarda o`zining jirkanch qiyofasini namoyon qilmoqda. Bunga misol tariqasida oddiygina diniy bilimsizlikni aytib o`tishim mumkin. Negaki diniy bilimdan mutlaqo yod bo`lgan yoki diniy savodi pastroq bo`lgan kishilar o`zlarini islom dinining haqiqiy tarafdorlari qilib ko`rsatuvchi, aslida dinni niqob qilib olgan turli oqim vakillarining quruq vadalariga aldanib qolishmoqda, hatto o`z jonini qurbon qilishdek ishlarga ham qo`l urmoqda. Eng achinarli tomoni shundaki bunday fojeali voqealarning aksaryat qurbonlari yoshlar hamda ayollarni tashkil etmoqda. Johil niyatli kimsalar ularning ishonuvchanligi, soddaligidan foydalanib, ularni osonlik bilan o`z domlariga tortib ketmoqdalar. Buning oqibatida necha minglab begunoh kimsalarning qoni to`kilib, minglab yosh bolalar yetim bo`lib qolmoqdalar.
O`zini portlatish yo`li bilan begunoh kishilarning qoni to`kilishiga, obod joylarni vayronaga aylantirilishi qanchadan-qancha begunoh bolalarning yetimga aylanishi, keksalarning qarovsiz, hech kimsz qolib ketishiga sabab bo`ladigan jafokorlik kabi harakatlar ham aynan jaholatning o`ziga mos bir ko`rinishi, o`ziga xos bir namoyish etishi emasmi? Hattoki, Quroni Karimda ham “Agar kimda-kim qasddan bir mo`minni o’ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishidir. Unga alloh eng og`ir azobni tayyorlab qo`ygan” degan fikrlarning mavjudligi fikrimni tastiqlaydi albatta.
Bu kabi qabih ishlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joylarda ekstremistik oqimlarning g`arazli maqsadlarini aniqlash, tushuntirish, turli oqimlarning aldovlariga uchishlarning oldini olish maqsadida shu mavzularga bag`ishlangan uchrashuvlar, davra suhbatlari o`tkazilmoqda. Hattoki mamlakatimizning eng chekka qishloq hududlarida ham fuqorolarning turli ekstremistik oqimlarning ta`siriga tushib qolish, diniy mazmundagi adabiyotlar hamda qo`llanmalardan noto`g`ri foydalanishlarining oldini olish maqsadida keng miqiyosda muzokaralar olib borilayapti.
Bugungi kunda mamlakatimizda haqiqiy diniy bilim olaman deganlarga juda keng imkoniyatlar yo’li ochib berilgan. Umuman olganda mamlakatimiz bunday diniy bilimsizlikka, mudhish voqealarni keltirib chiqaruvchi johillikka qarshi kurashga katta e`tibor qaratmoqda. Bunga fikrimning tasdig`i sifatida yurtimiz hududida o`rta maxsus bilim yurtlari, Toshkent islom instituti hamda Toshkent islom universitetining faoliyat yuritilayotgani ham jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish borasida aniq amaliy ishlar olib borilayotganligidan dalolat berishini alohida takidlash joiz deb bilaman.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida men aytib o`tgan misollardan ko`rinib turibdiki johillik insoniyatga qanchalik kata xavf tug`dirayotgani hechkimga sir emas. Yuqorida aytib o`tilgan holatlardan shu narsa ayonki, jaholat eng og`ir oqibatlarga olib keladi. Bunday mudhish oqibatlarning oldini olish uchun, avvalo, odamlarning ongida, qalbida ma`rifatning mutloq ustuvor bo`lishini ta`minlashimiz kerak, birinchi navbatda ongimiz va shuurimizda sog`lom va sobit e`tiqodni shakllantirish uchun kurashishimiz kerak deb o`ylayman. Bunga erishish uchun kishilar tafakkurini boyitish lozim. Zeroki, mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ham odamning o`z mustaqil fikriga, sobit e`tiqodiga o`zi tayanib yashaydigan milliy qadiriyatlar, dunyoqarash hamda mustahkam irodaga ega bo`lish turli xil mafkuralar bosimi, ularning ba’zan oshkora, ba’zan pinhona ko`rinishdagi tazyiqlarga bardosh berishning asosiy sharti ekanligini alohida va o`rinli takidlab o`tgan edilar. Demak, bunday buzg`unchi mafkuralarning ta`sirini oldini olish uchun I.A.Karimov ta`kidlaganidek, fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi esa ma`rifat bilan kurashishimizning ahamiyati har qachongidan ham muhim va ahamyatlidir.
Ayni paytda “internet” axborot vositalari ichida yuqorida qayd etilgan buzg`unchi g`oyalarni keltirib chiqaruvchi eng birinchi vosita bo`lib xizmat qilmoqda, ya`ni u orqali ko`pchilik yoshlar o`zlari bilmagan holda ana shunday yoqimsiz holatlarning qurboniga aylanib qolmoqda. Bularning barchasini hisobga olib, jamiyatni uning har-bir a`zosini axborot vositalariga qiziqishni orttirish yo`li bilan axborot orqali yuzaga kelayotgan ruhiy tanglik, ma`naviy ozuqalik, boshqacha qilib aytganda buzg`unchi g`oyalarga ergashish kayfiyatining omallashib ketishiga chek qo`yish lozim.
Menimcha buning uchun ham g`oyaga qarshi g`oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma`rifat tamoyilining ustuvorligiga jiddiy e`tibor qaratmog`imiz lozim.
manaviyat
Прохожий
 
Сообщений: 51
Зарегистрирован: 02 апр 2015, 11:32
Имя: Ikrom
Фамилия: Mamasoliyev
Статус: другой

Вернуться в Ma'naviy-ma'rifiy bo'im

Кто сейчас на форуме

Сейчас этот форум просматривают: нет зарегистрированных пользователей и гости: 1